KALIT SOʻZLAR
Qurilma drayveri: printer kabi yordamchi qurilmalarni
boshqaruvchi dasturlar.
Buyruqlar qatori interfeysi: buyruqlar
qatoriga klaviaturada
yozish orqali kompyuter bilan muloqot qilish usuli.
Foydalanuvchining grafik interfeysi (GUI): sichqoncha
yoki trekpad yordamida rangli ekrandagi ikonkalarni bosish
orqali kompyuter bilan muloqot qilishning oson usuli.
Demak, operatsion tizim amaliy dasturlarni ishga tushirish
uchun platforma vazifasini bajaradi.
Foydalanuvchi sifatida,
operatsion tizim bilan muqolotga kirishish usullaridan biri
foydalanuvchining grafik interfeysi (GUI – Graphic User
Interface) orqali amalga oshiriladi.
Bunga Windows OTini
misol qilish mumkin. Bunday muloqot turi sizga ekranda
paydo boʻluvchi ikonkalar yoki obyektlarni koʻrsatish, ularni
tanlash orqali buyruqlarni kiritish imkonini beradi.
Operatsion tizim bilan muloqot
qilishning yana bir usuli
buyruqlar qatori interfeysi (CLI – Command Line
Interface) yordamida amalga oshiriladigan muloqot
hisoblanadi. Ushbu usulda fayllardan nusxa olish va ularning
nomini oʻzgartirish kabi amallarni
bajarish uchun mos
ravishda
COPY va
RENAME kabi buyruqlardan foydalaniladi.
Operatsion tizimning buyruqlar protsessori yoki buyruqlar
qatorining interpretatorlar deb ataluvchi qismi yordamida
buyruqlar qabul qilinadi va bajariladi.
1.04-rasm. Buyruq aks etgan buyruqlar qatori interfeysi.
Operatsion tizim foydalanuvchi va texnik taʼminot oʻrtasida
interfeys yaratishini bilib oldingiz. Quyida operatsion tizim
tarkibiga kirishi mumkin boʻlgan ayrim narsalar roʻyxati
keltirilgan: