|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 18/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikFoydalanuvchi interfeysi
Operatsion tizim kompyuter ishlashi uchun zarur boʻlgan
barcha amallarni bajaruvchi dasturlar toʻplamidir. Uning
dasturlaridan biri foydalanuvchi ekranda koʻradigan tasvirlarni
boshqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu qism interfeys yoki
to‘liq aytganda
inson-kompyuter interfeysi (HCI – Human-
Computer Interface) deb ataladi.
Interfeysning bir necha turlari mavjud. Ularni tanlashda
quyidagilar inobatga olinadi:
• kompyuter bajarishi kerak boʻlgan vazifalar;
• foydalanuvchi turi va uning imkoniyatlari.
Grafik foydalanuvchi interfeysi inson tomonidan kompyuterga
berilgan murakkab ko‘rsatmalarni tushunishi uchun grafik
ma’lumotlardan foydalanadi (1.06-rasmga qarang).
1.06-rasm. Grafik foydalanuvchi interfeysi.
Odatda GUI bajarilishi mumkin boʻlgan funksiyalarni ifodalash
uchun ikonkalardan foydalanadi. Boshqaruvingizdagi sichqoncha
kursori bilan ekrandagi ikonkani koʻrsatishingiz mumkin. Ekran
turli ikonkalarga ega har xil maydonlarga boʻlinishi mumkin,
bu maydonlar
oynalar deb ataladi. Toʻrtta elementni (oynalar,
ikonkalar, sichqoncha va kursor) birlashtirsangiz
WIMP (windows,
icons, mouse, pointer) hosil boʻladi. Foydalanuvchining grafik
interfeysi baʼzan
WIMP deb ham ataladi.
Sichqoncha yordamida ikonkani ko‘rsatish va tanlash juda
oson hamda uni amalga oshirish foydalanuvchidan deyarli
IT sohasidan bilim talab qilmaydi. Bu esa yosh bola yoki
1.05-SAVOL
Kompyuter tizimlarida turli foydalanuvchi interfeyslari
ishlatilishi mumkin.
a Menyuga va formaga asoslangan interfeyslar haqida
axborot to‘plang. Menyuga asoslangan interfeyslar
uchun mahalliy poyezd bekati yoki bankdagi
maʼlumotlar tizimini olishingiz mumkin. Formaga
asoslangan interfeys uchun mehmonxonadan xona
band qilishga oid odatiy veb-saytni o‘rganing.
|
| |