Kiritish va chiqarish qurilmalari
Kiritish va chiqarish qurilmalari haqida 2-bobda
batafsil
maʼlumot berilgan, biroq ular haqida
mavjud fikrlaringizni
jamlash uchun quyidagi topshiriqni bajarib koʻring.
Protsessor
Kompyuterning
markaziy protsessorini (CPU – Central
Processing Unit) koʻpincha “protsessor” deb atashadi.
Mikroprotsessor qurilmasi CPUning funksiyalarini bajaradigan
yagona integral sxemadir(chip). Mikroprotsessordan
kir yuvish
mashinalari, video pleyerlar va himoya signallari kabi jihozlarni
boshqarish uchun foydalaniladi.
Asosiy yoki ichki xotira
CPUning nihoyatda muhim qismlaridan biri asosiy xotiradir.
U foydalanilayotgan barcha maʼlumotlar va koʻrsatmalarni
saqlash uchun ishlatiladigan xotira. Asosiy xotira baʼzida
ichki
xotira, birlamchi xotira yoki tezkor xotira (IAS – Immediate
Access Storage) kabi boshqa nomlar bilan ham ataladi.
Tezkor xotira (RAM -Random Access Memory)
asosiy plataga
biriktirilgan; u joriy vaqtda foydalanilayotgan dasturlar va
ishlayotgan hujjatlar saqlanadigan xotira hisoblanadi.
Siz ayni
vaqtda ushbu xotiradagi ma’lumotlardan foydalanayotgan
boʻlasiz.