9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

1.03- QO‘SHIMCHA MASHGʻULOT
11
1-bob: Kompyuter tizimlarining turlari va komponentlari


Robototexnika
Robotlar inson bajaradigan ishlardan yoki muayyan vazifani 
bajarayotgan odamning harakatlaridan nusxa koʻchirishga 
qodir, biroq bugungi kunga kelib yanada foydaliroq boʻlishi 
uchun robotlarga mustaqil fikrlash va vaziyatlarga insonlar 
kabi reaksiya bildirish oʻrgatilmoqda. Bugungi kunda 
robotlarning sunʼiy intellekt yordamida tahliliy fikr yuritishi 
ustida ish olib borilmoqda. 
Robotlarni ikki toifaga boʻlish mumkin: statsionar va mobil 
robotlar. Baʼzi robotlar zavodda bitta joyga mustahkamlangan 
bo‘ladi va bajarilishi kerak boʻlgan ish ularning oldiga olib 
kelinadi. Bu turdagi robot odatda 
robot qoʻl deb ataladi. Ushbu 
robotlar xuddi qoʻllarimiz kabi bir uchi mustahkamlangan va 
shu bilan birga, ancha harakatlarni amalga oshirishga qodir.
Robotlardan ishlab chiqarish sohalarida foydalaniladi, chunki ular:
insonlarga qaraganda ancha samarali natija beradi;
insonlarga qaraganda aniq ishlaydi;
tanaffussiz ishlay oladi;
issiqlik yoki yorugʻlik talab qilmaydi;
garchi dastlab sotib olish ancha qimmatga tushsa-da
ularga ish haqi toʻlash shart emas;
insonlar uchun xavfli boʻlishi mumkin boʻlgan hududlarda 
yoki xavfli materiallar bilan ishlay oladi.
1.10-rasm. Avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodda ishlayotgan robot.
Ishlab chiqarish sohalaridan xomashyo yoki boshqa 
komponentlardan yakuniy mahsulotni yaratish uchun 
foydalaniladi. Butun ishlab chiqarish sohasida materiallar 
oqimini boshqarishda kompyuterlardan foydalanish mumkin.
Sunʼiy intellekt, shuningdek, atrof-muhitni tozalash va havo yoki 
suvning ifloslanishini kamaytirishda yordam bera oladi. Ushbu 
mashinalarni boshqarish uchun nihoyatda ilgʻor dasturlar kerak 
boʻladi, chunki ular biologik organizmlar va ifloslantiruvchi 
vositalarni ajrata olishi kerak. Ya’ni zararli chiqindining har 
qanday shakli oʻrtasidagi farqni ilgʻab ola bilishi kerak.
Zavodlar muayyan turdagi yoqilgʻini yoqadi. Bu karbonat 
angidrid yoki boshqa gazlar kabi biomahsulotlarning 
ajralib chiqishini anglatadi. Sunʼiy intellekt dasturlari yonish 
vaqtida ushbu gazlarni hosil qiluvchi turli qonuniyatlarni 
yozib olishi mumkin; keyin esa ifloslanish darajasini 
kamaytirish uchun ishlab chiqarish jarayonini oʻzgartirsa 
boʻladi.

Download 132,8 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish