• 3D printerlar
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    12
    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


    Fotonlarning oʻziga xos kvant xossalari shuni anglatadiki, 
    agar kimdir yashirincha maxfiy kalitga qarasa, kuzatilayotgan 
    yorugʻlik zarralarida oʻzgarish sodir boʻladi. Soʻng qabul 
    qiluvchi nimadir oʻzgargani hamda ularning aloqasi buzilgan 
    boʻlishi mumkinligidan xabar topadi.
    Shu sababli kvant kriptografiyasining odatiy kriptografiyadan 
    asosiy afzalligi deb (8-bob) yashirincha eshitish holatini 
    aniqlash orqali maxfiy kalitni toʻliq xavfsiz tarzda uzatishiga 
    aytiladi.
    Kvant kalitlarini tarqatishga (QKD – Quantum Key Distribution) 
    moʻljallangan qurilmalar allaqachon mavjud, biroq hozirda 
    ularni foydalanishga yanada qulay qilish ustida ish olib 
    borilmoqda.
    3D printerlar
    Hozirda printerlar chindan ham metall, plastik, rezina, sopol, 
    mato va boshqa turli materiallardan foydalangan holda 
    turli jismlarni uch oʻlchamli shaklda yasashga qodir. Bu 
    ular zavodlarning ishlab chiqarish sohasidagi kabi boshqa 
    mashinalarning oʻrnini egallay olishini anglatadi, bir dona 
    3D printer esa bittadan koʻproq mashinaning oʻrnini bosishi 
    mumkin.
    Ularning ishlash usuli bir necha marta takroran bosib 
    chiqargan holda, qatlamlarni ustma-ust qoʻyib borib, oxir-
    oqibat 3D model hosil qilishdan iborat.
    Oʻz kompyuteringizda biror 3D tasvir qolipini chizib
    kompyuterni 3D printerga ulaysiz va uning bosib chiqarilishi 
    (yoki yasalishi)ni kutasiz. Oʻzingiz uchun printerdan 
    velosiped ham chiqarib olishingiz mumkin, chunki mazkur 
    printerlar harakatlanuvchi qismlarni yasashga qodir. Dastlab 
    velosipedingizning har bir qismini, jumladan, gʻildiraklar, rul 
    va boshqa qismlari dizaynini chizib olishingiz zarur, keyin esa 
    ularning barchasini printerdan chiqarib olishingiz mumkin 
    bo‘ladi.
    Printer bu ishni butun obyektni minglab mikroskopik darajada 
    ingichka bo‘laklarga boʻlish, keyin esa bo‘laklarni yasab, to 
    obyekt shakllanguniga qadar mitti qatlamlarni bir-biriga 
    yopishtirish orqali bajaradi.
    1.12-rasm. 3D printer.
    1.13-rasm. 3D printer tomonidan yaratilgan buyumlar.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish