• 3D va golografik tasvir
  • Koʻrish qobiliyatini yaxshilash
  • Kompyuter yordamida tarjima qilish




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Kompyuter yordamida tarjima qilish
    Kompyuter yordamida tarjima qilish (CAT – Computer-assisted 
    translation) mashina tarjimasi bilan bir xil narsa emas!
    Mashina tarjimasi matnning inson ishtirokisiz, kompyuter 
    tomonidan tarjima qilinish jarayonidir. Biroq tarjimonlik kasbidagi 
    insonlar tarjima jarayonida oʻzlariga yordam boʻlishi uchun CAT 
    dasturlaridan foydalanishi mumkin.
    CAT tizimi tarjima xotirasi bazasini (TM – Translation Memory) 
    yaratadi va boshqaradi, bu tarjimonlarning oldin tarjima 
    qilingan matnning mavjud iboralarini qayta ishlata olishini 
    anglatadi. TM maʼlumotlar bazasi tarjima jarayoni davomida 
    kontentni toʻplab boradi. Qanchalik TX xotirasi katta boʻlsa, 
    tarjima jarayoni ham tezroq kechadi.
    3D va golografik tasvir
    Golografiya deb insonning holati siz harakat qilganingizda 
    sizga mos holda o‘zgaradigan 3D tasvirlarni yaratish jarayoniga 
    aytiladi. Aslida bunda 3D tasvir emas, haqiqiy obyekt 
    boʻlganida, shunday harakatli holat sodir boʻlar edi.
    Shifoxonalardagi jarrohlik xonalarida golografik tasvir tizimi 
    jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan. Tana 
    tuzilmalarining 3D golografik tasviri “havoda suzib yuradi” 
    va jarroh ularning atrofida harakatlanishi hamda ularga 
    teginishi mumkin. Ushbu jarayon uchun hech qanday maxsus 
    koʻzoynak talab etilmaydi. Bu jaraon yordamida jarroh jarrohlik 
    muolajalarini rejalashtirishi va baholashi mumkin bo‘ladi.
    Bunday turdagi imkoniyat arxitektura, virtual oʻyinlar va qatʼiy 
    standartlarga muvofiq boʻlgan vazifalarni bajarish orqali malaka 
    oshirish kabi boshqa sohalar uchun ishlab chiqilishi mumkin.
    Koʻrish qobiliyatini yaxshilash
    Koʻzi ojiz insonning koʻzidagi pardaga oʻrnatish mumkin 
    boʻlgan implant mavjud. Soʻng ular videokamera oʻrnatilgan 
    koʻzoynakni taqadi. Mazkur kameradan maʼlumotlar choʻntak 
    kompyuteriga yuboriladi va u yerda qayta ishlanadi yoki 
    koʻzoynakka oʻrnatilgan vizual ishlov berish blokiga uzatiladi. 
    Olingan vizual maʼlumotlar koʻrish nervi boʻylab foydalanuvchi 
    miyasining koʻrish qobigʻi deb nomlangan qismiga yuboriladi, 
    bu koʻrish qobiliyatini qisman tiklash imkonini beradi.
    Biroq bunda kamchiliklar ham bor: yuqori aniqlik uchun 
    implantga koʻproq elektrodlar joylashtirish zarur, hozirda esa 
    ularni implantga sigʻdirish muammo boʻlishi mumkin.
    Elektron 
    implantning 
    qabul 
    qiluvchi qismi
    Koʻz ichiga 
    oʻrnatiladigan
    implant
    Koʻzoynak 
    gardishidagi 
    kamera
    Simsiz 
    uzatuvchi
    1.09-rasm. Koʻzning toʻr pardasi implantlari koʻzi ojiz 
    kishilarga maʼlum darajada koʻrish qobiliyatini taqdim eta 
    oladi.
    Sinfda quyidagi mavzuda muhokama tashkil eting: “Yoʻlda 
    oʻz xavfsizligingizni kompyuterga ishonib topshirish biroz 
    xavotirli boʻlishi mumkin. Lekin mustaqil harakatlanuvchi 
    avtomobilning afzalliklari kamchiliklaridan koʻpmi?” 
    Muhokamadan soʻng haydovchisiz avtomobillardan 
    foydalanish jismoniy yoki sezgi organlarida nuqsoni bor 
    insonlar uchun qanday imkoniyatlarni yaratishi haqida 
    oʻylab koʻring.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish