2
Konseptual klaviaturalar QWERTY klaviaturasidan farqli
ravishda foydalanuvchiga har bir tugmaning vazifasini oʻzgartirish
imkonini beradi. Zaruratga ko‘ra tugmalar vazifalari oʻzgartiriladi.
Konseptual klaviatura –
yuzasiga bosiluvchi panel
joylashtirilgan tekis varaqqa oʻxshaydi. Klaviaturaga ustida
turli belgilar boʻlgan, baʼzida “overley”
deb nomlanuvchi
varaq joylashtiriladi. Kompyuter biror tugma bosilganda qaysi
belgini ko‘rsatishi kerakligi belgilangan
dastur ishlab chiqiladi,
natijada ushbu belgi hosil qilinadi. Agar dastur oʻzgartirilsa,
xuddi shu panel boshqa belgilarni ham ko‘rsatishi mumkin.
Konseptual klaviaturadan odatiy belgilarning o‘zi yetarli
bo‘lmaganda yoki odatiy klaviaturani ishlatolmaganda
foydalaniladi.
Bunday klaviaturalarda belgilarning soni cheklangan boʻlishi
mumkin. Ushbu jarayon esa ko‘plab
belgilarni kiritish uchun
to‘sqinlik qilgani sababli uni kamchilik sifatida ta’kidlash mumkin.
Fastfud restoranlarida konseptual klaviatura uchun overley
varaqlarini koʻrgan boʻlsangiz kerak.
Varaq bosiluvchi panelning
oʻzgarmas kataklari ustiga joylashtiriladi. Har bir bosiluvchi
panel kompyuterga ulangan boʻlib,
foydalanuvchi istagan
maʼlumotlar uchun uni dasturlagan bo‘ladi. Yuqoridagi misolda
panel menyudagi taom yoki ichimlik
hamda uning narxlari uchun
dasturlangan.