• KALIT SOʻZLAR Sensorlar
  • Harorat sensori
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Sensorlar
    Sensor maʼlumot toʻplovchi qurilmadir. Klaviatura tugmasini 
    bosmaguningizcha, klaviatura hech nima bajarmaydi, ammo 
    sensor hamma vaqt oʻzi maʼlumotni toʻplaydi.
    Sensorning juda koʻp turlari mavjud, ammo koʻpchiligining 
    umumiy oʻxshashligi bor. Ular har qanday (maʼlum 
    chegaradagi) qiymatga ega xususiyatlarni oʻlchay oladi. Bu 
    harorat, bosim yoki boshqa oʻlchovga ega xususiyat boʻlishi 
    mumkin.
    Sensorlarning turi ko‘p boʻlsa-da, siz bu bobda uch xil: harorat, 
    bosim va yorugʻlik sensorlarini oʻrganib chiqasiz.
    Bu uch turdagi sensor borasida bilish kerak boʻlgan narsa 
    shuki, sensorlar hech qanday qaror qabul qilmaydi.
    KALIT SOʻZLAR
    Sensorlar: atrof-muhitdagi ayrim xususiyatlarni hisoblash 
    orqali maʼlumotni avtomatik tarzda toʻplaydi.
    Sensorlarning maʼlumotlarni toʻplovchi qurilma sifatidagi 
    afzalliklari quyidagicha:
    ular insonga nisbatan ishonchliroq, chunki odam 
    koʻrsatmalar olishni unutishi mumkin;
    inson notoʻgʻri koʻrsatmalar olishi mumkin;
    kimyoviy reaksiya sodir boʻlayotgan vaqtda insonda 
    koʻrsatmalar olish imkoni yoʻq.
    Sensorlardan foydalanishning kamchiligi ular elektr manbayini 
    talab qilishidir. Elektr manbayidan uzilsa yoki batareya tugasa, 
    ular ishlashdan toʻxtaydi.
    Harorat sensori oʻz atrofidagi haroratni oʻlchaydi va bu 
    ma’lumotni protsessorga yuboradi. Protsessor esa kiruvchi 
    maʼlumotga asoslanib amallarni bajarishi kerak.
    Masalan, avtomatik kir yuvish mashinasi qanday ishlashini 
    oʻylab koʻring (2.06-rasmga qarang). Yuvish uchun kir 
    mashinasi yoqilganida uning ichiga suv toʻldiriladi. Yuvish 
    siklini boshqaruvchi protsessor yuvish uchun suv yetarli 
    darajada issiq ekanligini nazorat qilishi kerak. Agar u yetarli 
    darajada issiq boʻlmasa, harorat sensori suv yetarli darajada 
    issiq ekani haqida xabar berguniga qadar, protsessor isitish 
    elementini yoqadi. Agar suv juda issiq boʻlsa, harorat sensori 
    suv yetarli darajada sovigani haqida xabar berguncha
    protsessor haroratni tushirish uchun sovuq suv qoʻshadi.
    Bu qurilma “harorat sensori” deb nomlanishiga ahamiyat 
    bering. Issiqlik oʻlchov birligi emasligi sabab, u “issiqlik sensori” 
    deb atalmaydi. Insonlar koʻrishi uchun moʻljallanmagani bois u 
    “termometr” deb nomlanmagan.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish