2
Sensorli ekranlar asosan ikki turga boʻlinadi:
• rezistiv – barmogʻingiz
bosimiga sezgir ekanligini
anglatadi,
• sigʻimli – ekranning tanangizning elektr maydoniga
nisbatan sezgirligini anglatadi.
Odatda koʻplab sensorli ekranlar rezistiv texnologiya
asosida ishlab chiqilgan boʻlsa, endilikda sanoatda sigʻimli
texnologiyadan foydalanish ham ommalashmoqda.
Sensorli ekranlarning rezistiv turi ekran
ustiga berilgan kichik
bosimni aniqlash asosida ishlaydi. Ularga rezistiv material
bilan ajratilgan ikkita yuza joylashtirilgan. Ustki yuza biroz
egiluvchan boʻlgani sababli unga
tegingan paytda ikkita yuza
bir-biriga yaqinlashadi va natijada ular oʻrtasidagi qarshilik
oʻzgaradi.
Rezistiv sensorli ekranning sigʻimli ekranga nisbatan afzalligi,
ularni ishlab chiqarish ancha arzon va siz uni barmogʻingiz,
stilus-qalam yoki ishora qilish mumkin boʻlgan
istalgan narsa
bilan boshqarishingiz mumkin.
Tanangizning elektr maydoniga sezgir boʻlgan sigʻimli sensorli
ekranlar esa boshqacharoq ishlaydi. Ular barmogʻingizni elektr
yordamida “sezadilar”, shuning uchun
sensorli ekranga bosim
o‘tkazishingizga hojat yoʻq.
Afzalligi – ularning sezgirligi ancha yuqori boʻlib,
barmogʻingizni ekran boʻylab siljitish va bir nechta barmoq
bilan imo-ishoralardan foydalanishga imkon beradi,
rezistiv
sensorli ekran bilan esa bunday qilib boʻlmaydi.
Kamchiligi – siz ularni odatdagi mexanik stilus-qalamlar bilan
ishlata olmaysiz hamda ularning narxi qimmatroq boʻladi.
Umuman olganda, sensorli ekranlarning afzalliligi
shuki, ulardan foydalanish juda oson.
Sensorli ekran
texnologiyasidan temir yol bekatlarida chipta sotish
mashinalari va supermarketlarda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish
kassalari kabi kompyuter tizimlarida koʻp foydalaniladi.
2.05-rasm. Qabulxonadagi sensorli ekranli kompyuter.
Temir yoʻl bekatlari kabi joylardagi maʼlumot tizimlarida
sensorli ekranlar keng tarqalgan.
Chipta xarid qilish uchun
sensorli ekrandan foydalanish sabablari quyida ko‘rsatilgan: