|
ketma-ketlikdagi xotira (Serial Pdf ko'rish
| bet | 60/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikketma-ketlikdagi xotira (Serial
Storage) deb ataladi. Ketma-ketlikdagi xotira maʼlumotlarning
oldinma-ketin saqlanishini anglatadi (3.04-rasmga qarang).
a
b
OL
O
V R
ANG
SARIQ
SARIQ
PU
SHTI
PU
SHTI
JIG
ARR
ANG
JIG
ARR
ANG
TOʻQ QIZIL
TOʻQ QIZIL
YASHIL
YASHIL
QIZIL
QIZIL
KOʻK
KOʻK
MO
VIY
MO
VIY
QOR
A
QOR
A
OL
O
V R
ANG
3.04-rasm. (a) Ketma-ketlikdagi xotira va (b) tartibli
xotira orasidagi farq.
(a) tasvirda ranglar (maʼlumotlar) tasodifiy tartibda joylashgan,
shu sababli oʻqish/yozish golovkasi soʻralgan rangni topish
uchun tasma boʻylab harakatlanishi kerak. (b) tasvirda ranglar
(maʼlumotlar) alifbo tartibida saqlangan, bu oʻqish/yozish
golovkasi tasmaning kerakli qismiga tezda oʻtib keta olishini
anglatadi.
Agar maʼlumotlar qandaydir shaklda tartiblangan boʻlsa,
masalan, alifbo tartibida, bu muayyan maʼlumot elementini
topishni tezlashtiradi, chunki qurilma kerak boʻlmagan bitlardan
tezda oʻtib keta oladi. Xotiraning bunday shakli
tartibli xotira
deyiladi va u ketma-ketlikdagi xotiraga qaraganda maʼlumotlarga
tezroq kirish imkonini beradi, biroq shunda ham qattiq diskdagi
maʼlumotlarga bevosita kirish bilan taqqoslanganda, ancha sekin
bo‘lgan jarayon ekanini bilishimiz kerak.
Magnit tasmalardan katta hajmdagi maʼlumotlarni saqlash
zarurati boʻlganda va kirish tezligi muhim boʻlmaganda,
masalan, katta hajmdagi maʼlumotlar saqlanishi kerak boʻlgan
zaxira nusxalarni saqlash uchun foydalaniladi. Shuningdek,
magnit tasmali xotira disk xotiraga qaraganda arzonroq va
uning zararlanish ehtimoli ham kamroq hisoblanadi.
Baʼzida maʼlumotlarni tasmada ketma-ket usulda saqlash juda
foydali boʻladi. Masalan, yirik kompaniya uchun bir oyda bir
marta ish haqi vedomosti tayyorlanadi. Ish haqining hammaga
toʻlanishi muhimdir. Agar maʼlumotlar magnitli tasmada
saqlansa, har bir kishining maʼlumotlari oʻqilishi kerak boʻladi
va kimnidir tushirib qoldirish xavfi boʻlmaydi. Bu kommunal
xizmat hisoblari uchun ham amal qiladi. Ular muayyan
sanalarda har bir mijozga yuborilishi kerak.
|
| |