Optik xotira qurilmalari haqidagi ushbu boʻlimda maʼlumot
yozishingiz mumkin boʻlgan disklar va faqat oʻqiladigan
disklarni bir-biridan farqlashingiz juda muhimdir. Hech qachon
“CD” yoki “DVD” so‘zlarining yakka oʻzidan
foydalanish tavsiya
etilmaydi; ular qanday turdagi disk ekanini bildirish uchun
ularning ortidan har doim qandaydir harflar kelishi kerak.
Asosiy turlari quyidagilar:
• ROM – “Read Only Memory” so‘zlarining birinchi harflaridan
olingan; bunday turdagi disklarga maʼlumot yozib boʻlmaydi,
ulardan faqat ma’lumotni o‘qish uchun ishlatiladi.
• R – “Recordable” so‘zining
birinchi harfidan olingan;
bunday disklarga faqat bir marta ma’lumot yoziladi hamda
undagi ma’lumotlarni oʻqish uchun ishlatiladi.
• RW – “ReWritable” so‘zida qatnashgan harflardan olingan;
ularga ma’lumotlarni bir
necha marta yozish uchun
ishlatiladi.