• Qattiq holatdagi xotira qurilmasi
  • Xotira kartasi va Flesh xotira
  • Flesh xotira kartalari
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    3.03-SAVOL
    a Kichik kompaniya uchun har kuni maʼlumotlar 
    nusxasini hosil qilishda DVD R disklardan foydalanish 
    yaxshi fikrmi? Javobingizni asoslang.
    b Optik xotiraning toʻrtta har xil turini sanang.
    37
    3-bob: Xotira qurilmalari va ma’lumot almashish vositalari


    Qattiq holatdagi xotira qurilmasi
    Qattiq holatdagi xotira qurilmalari (SSD – Solid-State Drive) 
    harakatlanadigan qismlarga ega boʻlmaydi. Bu ularni boshqa 
    turdagi xotira qurilmalariga qaraganda mustahkamroq qiladi. 
    Ular RAM va ROM xotira chipiga oʻxshash texnologiyadan 
    foydalanadi, lekin maʼlumotni saqlash uchun elektr 
    energiyasini talab qilmaydi.
    Ular kichik va nihoyatda portativ bo‘lib, shu bilan birga
    katta hajmdagi maʼlumotlarni saqlay oladi. Bundan tashqari 
    ulardan foydalanish oson, chunki ularning koʻpchiligi bevosita 
    kompyuter portiga kiritish uchun moʻljallangan. Quyida qattiq 
    holatdagi xotira qurilmalariga misollar keltirilgan.
    Xotira kartasi va Flesh xotira
    Bular bir xil qurilmaning ikkita nomidir, ular katta xotira 
    sigʻimiga ega kichik xotira qurilmalari hisoblanadi (flesh xotira 
    qurilmalari). Ular bir kompyuterdan boshqasiga oʻtkazilishi 
    kerak boʻlgan maʼlumotlar va dasturlarni saqlash uchun 
    mukammal qurilmadir. Ulardan kompyuter tizimidagi asosiy 
    fayllarning nusxalarini saqlash uchun foydalanish mumkin.
    3.06-rasm. Xotira kartasi va flesh xotira.
    Flesh xotira kartalari
    Xotira kartasiga o‘xshash qurilma bo‘lib, portativ xotira turi 
    hisoblanadi (3.06-rasmga qarang). Ularning o‘zaro farqi sifatida 
    shakli va bosh qurilmaga ulanish usulini keltrish mumkin. 
    Xotira kartasi yoki flesh xotira kompyuterdagi USB-portga 
    ulanadi, xotira kartasi yassi va kartaga oʻxshash bo‘lgani 
    sababli shunday nomlanadi. Shu sababli USB ulagichdan 
    foydalanib boʻlmaydi, karta boshqa shakldagi port orqali 
    kiritiladi. Bunday kartalar kompyuter flesh (CF) kartalari yoki 
    xavfsiz raqamli (SD) kartalar deb ham ataladi.
    Flesh xotira kartalaridan katta sigʻimli xotira zarur boʻladigan 
    kichik elektron qurilmalarda foydalaniladi. Masalan, raqamli 
    kamerada suratni saqlash uchun; mobil telefonlarda surat, 
    telefon raqami va boshqa maʼlumotlarni saqlash uchun; 
    MP3-pleyerlarda musiqa fayllarini saqlash uchun ishlatiladi. 
    Kontentni tezda yuklab olish uchun ularni kompyuter keysiga 
    kiritish mumkin.
    Qattiq holatdagi qurilmalarning ikkita asosiy kamchiligi 
    bor. Birinchidan, ular tashqi xotiraning boshqa shakllariga 
    qaraganda qimmatroq. Ikkinchidan, imkon qadar kichik 
    hajmga ega boʻlishi uchun faqat yengil himoya qatlamiga 
    egaligi sababli ularning xizmat davri qisqaroq.
    Xotira kartalarining boshqa turlari ham bor, ular Smart media 
    kartalari, fleshka va multimedia kartalaridir.
    Xotira kartalarining afzalliklari quyidagilar:

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish