Imtihon uslubidagi savollar
Daftaringizga quyidagi savollarga javob yozing.
Darsligingizga yozmang.
3.01. Ma’lumotni magnit tasmaga saqlash ketma-ketligini
tasvirlab bering.
[2]
……………………………………………………………
……………………………………………………………
……………………………………………………………
……………………………………………………………
3.02. Magnitli yoki optik xotira qurilmasidan koʻra
qattiq
holatdagi xotira qurilmasidan foydalanishning ikkita
afzalligini sanang.
[2]
a …………………………………………………………
b …………………………………………………………
3.03. Kompyuterning
qattiq diskida saqlanadigan
maʼlumotlarning uchta turini sanang.
[3]
a …………………………………………………………
b …………………………………………………………
c …………………………………………………………
3.04. RAM va ROM xotiralar oʻrtasidagi farqni tasvirlang [4]
3.05. Kompyuter uchun ikki turdagi qattiq disk mavjud.
Ularning nomini keltiring va ulardan qanday
foydalanilishini tasvirlang.
[4]
1 …………………………………………………………
……………………………………………………………
……………………………………………………………
2 …………………………………………………………
……………………………………………………………
……………………………………………………………
40
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
4-bob:
Kompyuter tarmoqlari va ulardan
foydalanish
Taʼlim maqsadlari
Bu bobni tugatganingizda:
■
routerning vazifasi va qanday ishlashini;
■
boshqa keng
tarqalgan tarmoq qurilmalari, jumladan,
tarmoq interfeysi kartasi, xab, bridj, svich va modemning qanday
ishlashini;
■
kompyuter tarmoqlarida Wi-Fi va Bluetooth
texnologiyasidan foydalanishni;
■
qanday qilib kichik tarmoq yaratish va sozlashni, xususan,
internetga kirish, brauzer, elektron pochta va internet provayderdan
foydalanishni;
■
intranetlar va internet kabi umumiy tarmoq muhitlarining
xususiyatlari hamda maqsadini;
■
LAN, WLAN va WAN atamalarining taʼriflarini;
■
internetga kirish uchun turli qurilmalardan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklarini;
■
maʼlumotlarni uzatishga
oid xavfsizlik masalalarini;
■
tarmoq kommunikatsiyasiga ta’rif berishni