joylashish oʻrni haqida ma’lumot beruvchi sarlavhasi bo’ladi.
Paketning qolgan qismi xabaringizning maʼlumotlar boʻlagidan
iborat boʻladi (4.01-rasmga qarang).
Paket identifikatsiyasi tafsilotlari
Manba manzili
Borish manzili
Ma’lumotlar
4.01-rasm. Internet protokol maʼlumotlar paketi.
Router dastlab paketning borish manzili LAN tarmoqda
yoki undan tashqarida boʻlishi
kerakligini belgilaydi, paket
kolontitulidagi maydondan manzilni oladi. Agar manzil WAN
tarmoq yoki internetda boʻlsa,
router paket harakatining
keyingi bosqichida eng yaxshi yoʻnalishni tanlash uchun ichki
yoʻnalishlar jadvalidan foydalanadi.
Har bir paket muayyan millisoniyada mavjud boʻlgan eng
yaxshi yoʻnalish orqali harakat qiladi (4.02-rasmga qarang), shu
sababli ular birgalikda safar qilmasligi mumkin. Yetib kelgach,
paketlar asl xabarga qayta yigʻiladi.
Router C
Router B
Router A
Router D
Router E
Router F
0
1
1
1
2
2
2
4.02-rasm. Manzilga turli routerlar orqali borish mumkin boʻlgan
harakat yo‘llari.
Tarmoq qurilmalari
Tarmoq qurilmalari – bu tarmoqdagi
kompyuter va boshqa
qurilmalarni bir-biriga ulaydigan tarkibiy qismdir. Bir-biriga
ulanganidan keyin ular tarmoq ichida fayllar va resurslarni
almasha oladi.
LAN tarmoqni yaratish uchun eng koʻp foydalaniladigan
qurilmalar
xab yoki svich, router, kabel,