• Tarmoq interfeysi kartalari
  • Ethernet
  • Hub qurilmasi Tarmoq alohida kompyuterlarning barcha signallari yuboriladigan markaziy punktga ega boʻlsa, muayyan turdagi tarmoq qurilmasi – hub (xab)
  • Wi-Fi texnologiyasi,  tarmoq kartalari va  modemdir




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Wi-Fi texnologiyasi, 
    tarmoq kartalari va 
    modemdir.
    Tarmoqda bitta kompyuter server vazifasini oʻtaydi, boshqa
    kompyuterlar esa mijoz kompyuter deb ataladi. Server 
    kompyuter va mijoz kompyuter xab yoki svichga ulanadi. 
    Ular xab yoki svichdan signalni bir-birga yuborish uchun 
    foydalanadi hamda router orqali signal yoʻnaltiriladi.
    Tarmoq interfeysi kartalari
    Tarmoqdagi har bir kompyuterga tarmoq va kompyuter 
    oʻrtasida qurilmaviy interfeysni taʼminlash uchun tarmoq
    interfeysi kontrolleri (NIC-Network Interface Controller) kerak,
    u simsiz yoki simli bo’ladi. Buni alohida tarmoq interfeysi 
    kartasi yordamida taʼminlash mumkin, biroq yangiroq
    kompyuterlar asosiy platasiga oʻrnatilgan
    Ethernet NIC bilan
    birga keladi. Simsiz tarmoqlar uchun NIC tarmoqqa ulanish
    nuqtasiga radio aloqa oʻrnatilishini taʼminlaydi.
    KALIT SOʻZLAR
    Modem: biror kompyuterdan yuborilgan raqamli signalni,
    telefon liniyalari orqali oʻta olishi uchun, analog signalga
    oʻzgartiradi yoki
    modulyatsiya qiladi; qabul qilish uchidagi 
    modem qabul qiluvchi kompyuter tushunishi uchun analog 
    maʼlumotlarni raqamli shaklga qayta oʻzgartiradi yoki
    “demodulyatsiya qiladi”.
    Ethernet: LAN tarmoqdagi simli signalizatsiyani belgilovchi 
    eng keng tarqalgan standart.
    Wi-Fi: qurilmani radio toʻlqin orqali lokal tarmoqqa, keyin
    esa internetga ulash uchun aloqa oʻrnatish imkonini beruvchi
    simsiz tarmoq texnologiyasi. Wi-Fi atamasi IEEE 802.11x
    standartlariga javob beradigan aloqa uchun ishlatiladi.
    Hub qurilmasi
    Tarmoq alohida kompyuterlarning barcha signallari 
    yuboriladigan markaziy punktga ega boʻlsa, muayyan turdagi
    tarmoq qurilmasi –
    hub (xab) (4.03-rasm) yoki switch (svitch) 
    kerak boʻladi. Tarmoqdagi barcha kompyuterlarning kabellari
    ushbu qurilmaga ulanadi.
    Xab va svich oʻxshashdek koʻrinsa-da, ular tarmoqdan qabul
    qilinadigan signallarga turlicha munosabatda boʻladi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Wi-Fi texnologiyasi,  tarmoq kartalari va  modemdir

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish