|
• Bir qancha kompyuterlar orasida katta hajmdagi fayllarni
oson almashish imkoniyatini yaratadi.
• Pdf ko'rish
|
bet | 59/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik• Bir qancha kompyuterlar orasida katta hajmdagi fayllarni
oson almashish imkoniyatini yaratadi.
• U avtomatik ravishda ma’lumotlar nusxasini yaratish uchun
avvaldan sozlanish imkoniyatiga ega; shu bilan birga nusxa
hosil qilish jarayonini amalga oshirish esingizdan chiqsa
ham, unga hech qanday zarar yetmaydi.
• U maʼlumotlarni tezkorlik bilan arxivlash imkonini beradi.
Disk formatlangandan keyin Mac kompyuteridan
shaxsiy kompyuterlarga yoki shaxsiy kompyuterdan Mac
kompyuterlariga oʻtkazish tavsiya etilmaydi. Bu uning yagona
kamchiligi sifatida koʻrilishi mumkin.
Magnit tasmali diskovod va tasmalar
Magnit tasmalar maʼlumotlarni magnitli disklarning
maʼlumot saqlash usuliga oʻxshash tarzda saqlaydi. Yagona
farq shundaki, maʼlumotlar disk yuzasi boʻylab tarqatilmaydi,
balki uzun tasmada saqlanadi.
Magnit tasmali diskovod
tasmani oʻqish/yozish golovkasi atrofida harakatlantiruvchi
qurilmadir (3.03-rasmga qarang).
3.03-rasm. Magnit tasma koʻrsatilgan maʼlumotlar kartrijining
ichki qismi.
Tasmaga/dan magnit disklar kabi oʻqish/yozish golovkasi
yordamida yoziladi va oʻqiladi. Lekin disk qurilmada oʻqish/
yozish golovkasi maʼlumotlarga kirish uchun toʻgʻri pozitsiyada
harakatlanadi. Magnit tasmani o‘quvchi qurilmada esa
oʻqish/yozish golovkasi harakatlanmaydi, tasma uning
yonidan harakatlanadi. Bu tasmaning eng uchida joylashgan
maʼlumotlarga yetib borish uzoq vaqt oladi, chunki barcha
maʼlumot oʻqib chiqilishi talab etiladi.
3.01-SAVOL
Diskovod qattiq diskdagi muayyan faylni topish uchun
qaysi qurilmadan qay tarzda foydalanadi?
Magnit
tasma
35
3-bob: Xotira qurilmalari va ma’lumot almashish vositalari
|
| |