• Elektron pochta va faksdan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari 4.05-jadval. ushbu ikki aloqa mexanizmini taqqoslaydi. 4.05-SAVOL a
  • Elektron pochta aloqasi va ilova hujjatlar




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Elektron pochta aloqasi va ilova hujjatlar
    Elektron aloqa (elektron pochta) – bu kompyuterlar 
    tomonidan yuboriladigan va qabul qilinadigan xabarlardir; 
    xabarning oʻzi matn shaklida boʻladi, lekin xabarga “ilova
    hujjat” sifatida boshqa turdagi fayllar ham yuborilishi mumkin.
    Elektron pochta va faksdan foydalanishning 
    afzalliklari va kamchiliklari
    4.05-jadval. ushbu ikki aloqa mexanizmini taqqoslaydi.
    4.05-SAVOL
    a Siz yashaydigan davlatda muayyan qoidalar bor 
    yoki yoʻqligini aniqlash uchun maʼlumotlar himoyasi
    masalasini oʻrganing.
    b Juft yoki guruh boʻlib ishlang: maʼlumotlar himoyasi
    boʻyicha qonunlarda oʻzingiz koʻrishni xohlaydigan
    tamoyillar roʻyxatini tuzing.
    Faks
    Elektron pochta
    Maʼlumotni maxfiy saqlash mumkin
    Maʼlumotning maxfiy qolishi uchun shifrlash zarur
    Fakslarni bloklab boʻlmaydi
    Xabarlarni bloklash mumkin
    Fakslarni spam xabar sifatida filtrlab boʻlmaydi
    Spam xabarlarni filtrlash oson
    Faks xabari shaklida yuborilgan hujjatlarda virus boʻlmaydi
    Ilova hujjatlarda viruslar boʻlishi mumkin.
    4.05-jadval. Faks va elektron pochta xabarlarini taqqoslash.
    51
    4-bob: Kompyuter tarmoqlari va ulardan foydalanish taʼsirlari


    Video-konferensiya
    Videokonferensiya turli manzillarda boʻlgan kishilarga kamera
    va mikrofon oldida oʻtirgan holda bir-birini koʻrib, gaplashish
    imkonini beradi (qarang: 4.09-rasm). Bu vaqt va safar
    xarajatlarini tejaydi.
    4.09-rasm. Video konferensiya jarayoni.
    Video-konferensiya uchun quyidagi qurilmalar kerak boʻladi:
    video kamera;
    displey ekrani;
    mikrofon;
    karnaylar;
    yuqori tezlikdagi tarmoq / internet aloqasi.
    Audio konferensiya
    Audio konferensiya – alohida abonentlar orasida telefon 
    uskunasi orqali oʻtkaziladigan majlisdir. Shu tarzda u turli
    manzillarda boʻlgan kishilarga bir-biri bilan guruh boʻlib
    suhbatlashish imkonini beradi.
    Koʻpchilikda telefon borligi va undan foydalanish oson ekanligi
    sababli audio konferensiya ish majlislarini oʻtkazishning oddiy
    usulidir. 
    Audio konferensiya ishga tushirishning turli usullari va 
    texnologiyalari mavjud. Koʻplab telefon kompaniyalari uch
    kishilik qoʻngʻiroqni amalga oshirish imkonini taklif etadi.
    Bunda siz ikki kishiga ikkita alohida liniyadan qoʻngʻiroq
    qilib, keyin guruh hosil qilish uchun ularni birlashtirasiz. Bu 
    guruhdagi uch kishilik qoʻngʻiroq funksiyasiga ega har bir kishi
    suhbatga yana ikki kishini qoʻshish orqali majlisni kengaytira
    olishini anglatadi.
    Shuningdek, audio konferensiyani kompyuter va internetdan 
    foydalanib ham amalga oshirish mumkinligi katta-kichik 
    turdagi barcha kompaniyalar va jismoniy shaxslarning ushbu 
    xizmatdan foydalanishiga imkon yaratadi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron pochta aloqasi va ilova hujjatlar

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish