Masalan, bu dasturni boshqa dasturlar kabi oʻchirishga harakat
qilib koʻrsangiz, kompyuterni qayta ishga tushirganingizda uning
yana paydo boʻlib qolganini ko’rasiz.
Josuslik dasturiga qarshi
dastur,
agar doimo yangilab tursangiz, bu kabi tajovuzlardan
himoya qiladi.
8.03-boʻlimda samarali axborot xavfsizligi, onlayn maʼlumotlar
xavfsizligi kabi masalalar boʻyicha koʻplab maʻlumotlar
mavjud
boʻlib, ularning aksariyati tarmoqlarga ham tegishli.
Maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun
hujjatlarining tamoyillari
Shaxsiy maʼlumotlarni xavfsiz tarzda toʻplanishi, qayta
ishlanishi va saqlanishiga boʻlgan talabning oshishi
maʼlumotlar maxfiyligi boʻyicha
xalqaro qonunlarga ehtiyoj
tugʻdirdi. Hozir dunyoda shaxsiy maʼlumotlar bilan ishlashni
tartibga soluvchi koʻplab qonunlar mavjud. Bunday global
talab qonunlarning turli davlatlarda
keskin farq qilishiga sabab
boʻldi. Biroq ularda quyidagi umumiy mavzular mavjud: