|
• maʼlumotlardan qay tarzda foydalanish va ularni kimlarga
taqdim qilish;
• Pdf ko'rish
|
bet | 83/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik• maʼlumotlardan qay tarzda foydalanish va ularni kimlarga
taqdim qilish;
• kishilar haqidagi qanday maʼlumotlar toʻplanishi va keyin
ulardan qanday foydalanilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi
individual tanlov;
• kishilarning o’zlariga taaluqli saqlangan maʼlumotlarga kirishi
va ularni oʻzgartirish yoki oʻchirish huquqi bor yoki yo’qligi;
• shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish uchun ularni qanday
boshqarish boʻyicha tashkilotlarga qoʻyiladigan talab;
• agar boshqa mamlakatda hech boʻlmaganda maʼlumot
manbasi hisoblangan mamlakatdagidek ishonchli
muqobil qonunlar boʻlmasa, bunday mamlakatga shaxsiy
maʼlumotlarni yubormaslik haqidagi talab.
Tarmoqli aloqa
Faksimil aloqa
Faks mashinasi telefon tarmogʻi orqali qogʻoz hujjatning
faksimile (ayni) nusxasini yuboradigan va qabul qiladigan
qurilmadir. Faks – “faksimile” soʻzining qisqartmasi bo’lib,
qogʻoz hujjatni skaner qiladi va uni qabul qiluvchi faks
mashinasiga telefon tarmogʻi orqali bora olishi uchun
tovushga aylantiradi. Keyin qabul qiluvchi mashina tovushni
qaytadan qogʻozga aylantiradi va shu orqali asl hujjatning
nusxasini yaratadi. Haqiqiy qogʻozga tayangani sababli, bu
usul
faksni jismoniy yuborish deb ataladi.
Buning aksi oʻlaroq, baʼzida e-faks deb ataluvchi
faksni
elektron yuborish jarayonida faksni joʻnatish uchun
internetdan foydalaniladi.
Faksni elektron yuborishning afzalliklari:
• qoʻshimcha qurilma, dastur yoki telefon liniyalarini talab
qilmaydi;
• qogʻozsiz aloqani taklif qiladi, shu sababli atrof-muhitga
ancha zararsiz;
• dunyoning istalgan nuqtasidan elektron pochta xabarlarini
yuborish yoki qabul qilish kabi osongina fakslarni yuborishi
va qabul qilishi mumkin;
• bu fakslarga kirish uchun smartfon yoki planshetdan
foydalana olasiz.
|
| |