Wi-Fi hotspotlar
Hotspotlarni
poyezd bekatlari, aeroportlar, mehmonxonalar,
kofe-shop va restoranlar kabi jamoat joylaridan topish
mumkin.
Bunday yerlarda smartfon, planshet yoki
noutbukingizni muassasaning internet xizmatiga simsiz uash
imkoningiz bo’ladi.
Hotspotlarning koʻpchiligi bepulligi va ancha oson topilishi
kabi afzalliklarga ega.
Kamchiligi shundaki, agar restoranda boʻlsangiz,
ushbu
“bepul” hotspotlarning baʼzilari sizdan kofe yoki taom sotib
olishni talab qiladi.
Internet kafe
Internetga ulanishning yana bir usuli internet kafedagi
kompyuterlardan foydalanishdir (qarang: 4.08-rasm). Bu
internetga kirishning bosh usuli boʻlmaganda foydali boʻlsa-
da, bepul emas hamda boshqa koʻplab kishilar tomonidan
ishlatiladigan kompyuterlardan foydalanganda xavfsizlik
muammolari ham boʻladi (qarang: 8-bob).
4.8-rasm. Internet-kafe.
Modem rejimi
Agar smartfoningiz boʻlsa, undan
noutbukingiz uchun modem
sifatida foydalanishingiz mumkin. Bu jarayon modem rejimi
deyiladi.
4.02 Tarmoq muammolari va
kommunikatsiya
Kompyuter tarmoqlari xavfsizligi
1-bob va ushbu bobning boshida baʼzi
xavfsizlik masalalari
bilan tanishasiz; bu 8-bobda ham batafsil koʻrib chiqiladi.
Tarmoq xavfsizligi – bu tarmoq administratori muammolar
yuzaga kelishining oldini olish uchun foydalanadigan siyosatdir.
Xavfsizlik faqatgina xakerlar, viruslar va zararli dasturlardan
iborat emas. Xavfsizlik muammosi, masalan, insonning bexosdan
qilingan xatolari tufayli yuzaga kelishi mumkin. Tarmoq xavfsizligi
muammosi har doim ham tashqi xavflar bilan bogʻliq boʻlmaydi,
balki tarmoqning vakolatli foydalanuvchilari tomonidan oddiy
xatoga yoʻl qoʻyilishi, masalan, qaysidir tugmaning notoʻgʻri
bosilishi
kabi oddiy holat, tajriba yoki bilimning yetishmasligi
sababli ham ro’y beradi. Mualliflik huquqining buzilishi ham
xavfsizlik masalasidir. Maʼlumot toʻplash uchun tarmoq
tizimlariga kirish uchun qasddan qilinadigan boshqa harakatlar
ham mavjud, ularni tashkilotda “sanoat josusligi”
deb atash
mumkin.
tarmoq muammolariga yana chaqmoq yoki shu kabi
tabiiy hodisalar sabab bo’ladi. Ammo eskirgan yoki buzuq
uskunalardan foydalanish, dasturiy taʼminotdagi
nosozliklar va
xatolar kengroq tarqalgan
Internet nazorat qilinmasligini hech qachon yoddan
chiqarmaslik kerak (qarang: 9-bob, 9.2-boʻlim).
Tarmoq xavfsizligi ID kartalar yoki biometriya (qarang: bob
8.03-boʻlim kabi jismoniy vositalar tarmoq serveri manzilini
xavfsiz saqlashda foydalaniladi.