• Hisobxona xodimlari
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    5.01 ATning bandlikka taʼsiri
    Ish uslublaridagi oʻzgarish
    Buxgalteriya xodimlari, matn teruvchilar va avtomobil ishlab 
    chiqarish ishchilari kabi bir qancha soha vakillarining ish oʻrnini
    kompyuterlar egallagach, ofislarda ishchilar soni kamaydi.
    Hisobxona xodimlari
    Saodat Moliya boshqarmasining Hisobxona boʻlimida
    ishlardi. Uning boʻlimiga kompyuter tizimlari tatbiq etila
    boshlagach, u ishchilarning maoshlari va ish haqini 
    hisoblashda foydalaniladigan maxsus dasturiy ilovalarni 
    ishlatishni oʻrgatuvchi kursga borish uchun ariza
    topshirdi. Uning boʻlimidagi aksariyat ishchilar ishdan
    boʻshatildi, biroq u kursni tugatib keldi va korxonada
    ishda qolishga muvaffaq boʻldi.
    U boshqa vazifa uchun kerakli koʻnikmalarni oʻrganish
    orqali ishini oʻzgartirdi. Bu
    qayta tayyorlash deyiladi.
    KALIT SOʻZLAR
    Qayta tayyorlash: kishilarning boshqa ishga kerakli boʻlgan
    yangi koʻnikmalarni oʻrganish orqali ishini oʻzgartirishi.
    Hisobxona xodimlari elektron jadval dasturlaridan mohirona
    foydalana olishi va kompyuter hamda avtomatlashtirilgan 
    tizimlarni puxta bilishi kerak. Shuningdek, kompaniyalar tashqi 
    buxgalteriya xizmatlariga obuna boʻlishi mumkin, shunda
    hisobchi ushbu xizmatning maxsus dasturidan foydalanadi; 
    shu sababli ular yangi dasturni qiynalmasdan, bemalol oʻrgana
    oladigan boʻlishi lozim.
    Maʼmuriyatdagi ishini saqlab qolgan xodimlar yangi
    texnologiyalarni oʻrganishiga toʻgʻri keldi va ularning ishi ancha
    oʻzgarib ketdi. Biroq endi koʻpincha ishlar aniq vaqtlarda
    bajarilishi shart boʻlmay qolgani ijobiy oʻzgarish bo’ldi. Shu
    tariqa, ishchilar ish soatlarini oilaviy majburiyatlariga moslab 
    rejalashtirish imkoniga ega boʻlishi mumkin.
    Matn terish
    AT matn terish byurosi haqidagi eskicha tushunchani 
    oʻzgartirishga yordam berdi (5.01-rasm), shu sababli hozirda
    aksariyat hujjatlar yozuv mashinkasida yozilmaydi. Ular 
    ancha professional koʻrinish olgan, chunki maxsus dasturlar
    yordamida kompyuterda tayyorlanadi yoki ishlov beriladi. 
    Kompyuterdan foydalanuvchi deyarli barcha professional 
    5.01-rasm. (a) Eskicha matn terish byurosi (b) Keng tarqalgan,
    zamonaviy matn terish jarayoni.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish