• KALIT SOʻZLAR VOIP
  • Veb-sayt dizaynerlari
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Aqlli ish uslublari
    Videokonferensiya va VOIP (Voice over IP) kabi texnologiyalar
    yordamidagi onlayn hamkorlik oʻtmishdagi baʼzi ish
    uslublarini oʻzgartirib yuborgan. Oʻquv tadbirlarini endilikda
    videokonferensiya dasturlari yoki internet telefoniya 
    yordamida vebinarlar hamda sinxron telekommunikatsiyalar 
    orqali onlayn shaklga oʻtkazish mumkin. Bunda trening,
    konferensiya va uchrashuvlar uchun ijtimoiy tarmoqlarga 
    oʻxshash dasturlar yordamida hamkasblar real vaqtda onlayn
    yoki nosinxron tarzda uchrashadi. Baʼzi kompaniyalar koʻp
    beriladigan savollarga javob berish uchun avtomatlashtirilgan 
    telefon xabarlaridan foydalanadi. Koʻp mijozlar bunday
    shaxssiz telefon muloqotlarni yoqtirmaydi, lekin bu operator 
    xodimlar sonini qisqartirish orqali kompaniyalarning ancha 
    mablagʻni tejaydi. Xuddi shuningdek, avtomatlashtirilgan
    telefon marketing hamdir. Virusli marketing kishilarni
    marketing materiallarini bir-biriga ulashishga undaydi, natijada 
    broshyuralar va varaqalarni tarqatish kabi baʼzi anʼanaviy
    marketing usullari bilan bogʻliq ish oʻrinlarning qisqarishiga
    sabab boʻladi.
    KALIT SOʻZLAR
    VOIP: Ovozni internet orqali yuborish protokoli.
    AT sababli ish bilan bandlikning oshishi
    Yuqorida tasvirlangan baʼzi ish oʻrinlarining qisqarishi
    kuzatilgan boʻlsa-da, veb-sayt dizaynerligi, kompyuter
    dasturchiligi va yetkazib berish haydovchiligi kabi boshqa 
    sohalarda ish bilan bandlik darajasi oshgan.
    Veb-sayt dizaynerlari
    Veb-sayt dizaynerlarining ishi faqat internet paydo boʻlgandan
    keyin boshlandi va mehnat bozorida nisbatan yangi soha 
    hisoblanadi. Dastlab, faqatgina ilgʻor amaliy kompyuter
    koʻnikmalariga ega kishilar veb-saytlar ishlab chiqa olgan.
    Hozirgi kunda esa kompyuter foydalanuvchilarining salmoqli
    qismi oʻz veb-saytlarini ishlab chiqish va yaratishni uddalay
    oladi, chunki dasturlar foydalanishga qulay va intuitivdir. 
    Bundan tashqari, veb-sayt yaratish uchun mavjud bepul 
    manbalar va dasturlar paketlari soni bir necha yil oldingiga 
    qaraganda nisbatan koʻp.
    Kunning har daqiqasida internetga millionlab veb-saytlar 
    qoʻshilmoqda va bu hozirda millionlab kishilar veb-sayt
    yaratayotganini anglatadi. Veb-saytlarni qanday qilib ishlab
    chiqish va yaratish oʻn besh yilcha oldin taʼlim muassasalarida
    oʻqitilmagan, lekin hozirda oʻrta va oliy taʼlim dargoxlarida veb-
    saytlarni loyihalashtirish va yaratish boʻyicha koʻplab kurslar
    mavjud (5.03-rasm).
    5.03-rasm. Sayt ishlab chiqayotgan oʻquvchilar.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish