• Toʻliqsiz ish kuni
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    ish joyini boʻlishishni taklif etishlari 
    mumkin, Bunda ish yuklamasi va soatlari ikki yoki undan 
    ortiq kishilar tomonidan boʻlib olinadi.
    Erkin ish grafigi 
    yana kishilarga 
    siqilgan ish soatlarida ishlash imkonini 
    beradi, bunda haftasiga 40 soatlik odatiy ish vaqtini qisqaroq
    vaqtda tugatish mumkin.
    KALIT SOʻZLAR
    Toʻliqsiz ish kuni: haftasiga odatdagidan kamroq soat
    ishlash.
    Erkin ish grafigi: xodimning ishni oʻziga qulay vaqtda
    bajarishi: ish ertalabki 9 dan kechki 5 gacha boʻlgan anʼanaviy
    vaqtda bajarilishi shart emas.
    Ish joyini boʻlishish: ish joyining ikki yoki undan ortiq 
    xodimlar oʻrtasida boʻlinishi.
    Siqilgan ish soatlari: bir yoki ikki ish haftasidagi ish kunlari
    sonini kamaytirish uchun kunlik ish soatlari sonini oshirish.
    Ushbu erkin ish uslublarining barchasi jamiyatning turli 
    qatlamlariga mansub koʻplab kishilarga ishlashning
    afzalliklaridan foydalanish imkonini berdi. Masalan, agar ish 
    grafigi erkin boʻlsa, ota-onalar yosh bolalariga qarash uchun
    uyda boʻlishi kerak boʻlgan vaqtlarda ishga qayta oladi. Aksariyat
    talabalar oʻzlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun o’qishdan
    tashqari vaqtlarda 
    toʻliqsiz ish kuni asosida ishlashi mumkin. 
    Ish oʻrnini boʻlishish boʻlishuvchi xodimlarning oʻz ish vaqtlarini
    oʻzaro belgilashlariga imkon beradigan darajada erkin bo’ladi.
    5.03 Uydagi mikroprotsessor 
    tomonidan boshqariladigan 
    qurilmalar
    Mikroprotsessorlarning turmush tarziga ijobiy 
    taʼsirlari
    Mikroprotsessorlarni kir yuvish mashinalari, televizor pultlari, 
    idish yuvish mashinalari, mikrotoʻlqinli pechlar, muzlatkichlar,
    himoya signallari tizimlari, robot changyutkichlar va shu 
    kabi boshqa koʻplab uy jihozlarida uchratish mumkin.
    Mikroprotsessorli uskunalaning keng tarqalishi insonlarga 
    koʻproq boʻsh vaqtga ega boʻlish imkonini beradi, chunki bu
    qurilmalardan foydalanib uy ishlarini bajarishga, ularni qoʻlda
    bajarishdan koʻra, kam vaqt sarflanadi. Hatto televizoringizni
    siz boʻlmagan paytda sevimli dasturingizni yozib oladigan qilib
    dasturlashingiz mumkin.
    5.05-rasm. Zamonaviy oshxona.
    Mikroprotsessorlarning arzonligi natijasida ulardan foydalanish 
    nihoyatda keng tarqaldi. Hayotimizni osonlashtiruvchi gadjet-u
    uskunalar sonining tobora oshib borayotgani va ijtimoiy 
    munosabatlar uchun koʻproq boʻsh vaqt yaratayotgani buning
    isbotidir (5.05-rasm).

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish