9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

Multimediali taqdimotlar
Multimediali taqdimotlarda maʼlumotni samarali taqdim
etish va tomoshabinning qiziqishini soʻndirmaslik uchun har
xil media turlaridan foydalaniladi. Matn va grafiklardan iborat
odatiy ekran tasviri animatsiyalar, video hamda tovush bilan 
toʻldiriladi. Tovushni ekranda sodir boʻlayotgan jarayon bilan
sinxron joylashtirish mumkin.
Bir ekran boshqasiga almashayotganda eʼtiborni jalb etish
uchun murakkab 
oʻtishlar mavjud.
Foydalanuvchiga tanlov yoʻlagini taqdim qilish maqsadida yakka
foydalanuvchili taqdimotlarga giper-havolalar qoʻshish imkoni
bor. Multimediali taqdimotlarga anʼanaviy misol sifatida veb-
sayt yoki taʼlim sohasida kompyuter yordamida oʻrganish (CAL)
paketining taqdimotini keltirish mumkin.
CAL taqdimotlari interfaol boʻlib, sizga quyidagi imkoniyatlarni
yaratish orqali mustaqil oʻrganish jarayoningizni boshqarishga
ko’maklashadi:
oʻzingizga qulay surʼatda oʻrganish;
qiyin boʻlgan boʻlimlarni takrorlash;
allaqachon bilgan va tushungan boʻlimlaringizni tashlab
ketish.
Turli medialardan foydalanish va oʻz ishingizni nazorat qilishga
imkon beruvchi bu turdagi taqdimot qilayotgan ishingizga 
nisbatan qiziqishingizni so’ndirmaydi.
Multimediali taqdimot axborot proyektori yordamida 
tomoshabinlarga koʻrsatiladigan slayd-shou shaklida ham
bo’ladi.
Koʻpgina tarmoqli doʻkonlar katta ekranlarda multimedia
taqdimotlaridan foydalanadi. Doʻkon ochiq payti taqdimotlar
navbat bilan aylanaveradi. Ular tomoshabin eʼtiborini jalb
qilish uchun odatda koʻplab ranglar, bir tasvirdan ikkinchisiga
tezkor va murakkab o’tishlarni qo’llaydi.
Hozirda, tashkilotlar koʻplab turli usullarda muloqot qilarkan,
oʻzlarining har bir hujjati uchun bir xil oʻziga xoslikka ega
boʻlish muhimdir, shunda qanday turdagi hujjat boʻlishidan
qatʼi nazar, uni darhol oʻsha tashkilotdan chiqqanini bilib
Agar foydalanuvchiga CAL taqdimotini takrorlash tanlovini
berishni istasangiz, buni qanday amalga oshirishingiz 
mumkin?

Download 132,8 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish