6.04-rasm. Shaxsiy va korporativ reklamaning har xil turlari.
Veb-saytlar
Veb-sayt –
veb-sahifalar, matn, grafikalar, video va tovushlar
toʻplamidir. Veb-sayt internetdagi veb-serverga joylashtiriladi.
Foydalanuvchilar veb-saytdagi maʼlumotlarni
veb-brauzer
orqali koʻrishlari mumkin. Veb-saytlardan biror shaxs yoki
tashkilotning obroʻsini koʻtarish
va boshqalar bilan muloqot
qilish uchun foydalaniladi.
Veb-sayt yaratish uchun yo oʻzingiz kod yozishingiz, yoki
veb-sayt yaratish ilovasidan foydalanishingiz kerak (qarang:
21-bob). Ilova xususiyatlari DTP dasturidagi xususiyatlarga
oʻxshash: dizayner,
shunchaki, veb-saytdagi veb-sahifalar
maketi ishlab chiqishi kerak. Veb-saytda boshqa veb-sahifa
yoki veb-saytga oʻtish uchun giper-havolalar berilishi mumkin.
Masalan, maktab veb-sayti maktab haqidagi maʼlumotlarni
koʻrsatish, ota-onalar va boshqa manfaatdor kishilar bilan
aloqada boʻlish uchun ishlatiladi: bu
ularda maktab faoliyatiga
toʻliq jalb etilganlik hissini uygʻotadi. Veb-saytdan hozirda
maktabga aloqador boʻlmagan kishilar, xususan, ehtimoliy
yangi ota-onalarga
maktabni reklama qilish, shuningdek,
maktab tadbirlarini reklama qilish uchun ham qo’llanadi.
Albatta, barcha turdagi tashkilotlarda keng maʼnoda reklama
qilish uchun internetdan foydalaniladi. Natijada hozirda ayrim
eski uslubdagi reklamalardan
foydalanilmaydi hamda shu
tufayli reklama sanoati zarar koʻrdi. Biroq koʻplab reklama
sanoati vakillari oʻz bizneslarining bir qismini internetga
koʻchirdi – bu ularga foydalanish uchun yana bir vosita, xolos.