KALIT SOʻZLAR
3G va 4G: internetga ulanish uchun smartfonlar tomonidan
foydalaniladigan
kommunikatsiya protokollari, 4G
texnologiyasi 3G texnologiyasidan tezroq.
Matnli tezkor xabarlar
Matnli xabarlar mobil telefonlardan foydalangan holda
muloqot qilishning eng arzon usulidir.
Bunda qisqa xabarlar
tizimi (SMS) deb ataluvchi xizmatdan foydalaniladi. U qisqa
xabarlarni tez va oson yuborish imkonini beradi.
Kino koʻrish yoki kompyuter oʻyinlarini oʻynashda
qulayroq
boʻlishi uchun mobil telefonlarning ekranlari umumiy
interfeysning katta qismini tashkil etadigan qilib ishlab
chiqilgan. Klaviaturalar hozirda sensorli ekranga birlashib
ketgan boʻlib, ekran boshqa funksiya
uchun bajarayotganda
yoʻqoladi.