olish mumkin boʻladi. Masalan, ular doim bir xil logotip, shrift,
ranglar va uslubdan foydalanadi; bu ularning “korporativ
imiji” yoki “uy uslubi” sanalib, korporativ oʻziga
xosligi yoki
tashkilotning umumiy qiyofasini aks ettiradi.
Multfilmlar
Kompyuterlardan multfilmlar yaratishda ham foydalaniladi.
Grafik dastur yordamida ekranga tasvirni skanerlashingiz
yoki yaratishingiz mumkin. Soʻng, agar tasvir qanday
harakatlanishi va qayerda tugashi haqidagi koʻrsatmalarni
berish uchun kompyuter tasvirlarini yaratish dasturidan (
CGI –
Computer-generated imagery) foydalansangiz, dastur
oraliq bosqichlarni hisoblab chiqib, avtomatik tarzda ularning
nusxalarini yarata oladi. Ushbu
nusxalar harakatlanuvchi
tasvirni yaratish uchun ketma-ketlikda namoyish etiladi. Bu
turdagi CGI tasvirlaridan kino sanoatida keng foydalaniladi.
KALIT SOʻZLAR
CGI: Multfilmlar yaratish uchun kompyuter tasvirlarini ishlab
chiquvchi dastur.
Partituralar
Bastakor musiqa yozadi, soʻng
uni parallel gorizontal
chiziqlardan iborat “nota yoʻli” yoki “nota chizgʻichi”ga
tushiradi. Belgi joylashgan joy sizga qaysi notani chalishni
koʻrsatadi. Partitura – musiqiy asardagi alohida cholgʻu va
vokal qismlarining birga chop etilishidir (6.05-rasm).
6.05-rasm. Partitura.
Musiqa yozish uchun ham dasturlar asqotadi. Bu shunday
gʻoyaga asoslanadi: agar musiqa
asbobi kompyuterga ulansa,
notalar chalinayotganda dastur ularni oʻqiy oladi.
Kompyuterlar va elektron musiqa asboblarini ulashning
standart usuli – MIDI orqalidir (6.06-rasm).
6.06-rasm. MIDI interfeysi biriktirilgan asbob signallarini elektron
maʼlumotga
aylantiradi, soʻng bu maʼlumot kompyuterda
saqlanishi va qayta ishlanishi mumkin.
Baʼzida kerakli tovushlarni chiqarish maqsadida bir vaqtning
oʻzida chalish uchun bittadan ortiq musiqa asbobi kerak.
Musiqa
bitta asbobda ijro etilib, partitura dastur tomonidan
esa “trek”ka yoziladi. Agar bastakor qoniqsa,
undan keyin
keluvchi yangi qism boshqa trek sifatida saqlanadi. Bastakor
xuddi shu tarzda ustma-ust treklar qatlamini shakllantiradi.
Kompyuter barcha qismlar uchun partitura chop etib berishi
ham mumkin.
Bu tarzda yozish katta ustunliklarga ega.
Bastakor musiqani
darhol eshitishi va kompozitsiyani darhol tahrirlashi yoki
elektron tarzda dunyoning istalgan qismiga yuborishi mumkin.
Bastakorlar bitta musiqiy asar boʻyicha butun dunyodagi
insonlar bilan hamkorlik qila oladi.