• 6.01-SAVOL a
  • 6.01-QO’SHIMCHA MASHGʻULOT 65 6-bob: AKTni tatbiq etish
  • • ustunlardan foydalanish; •




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    ustunlardan foydalanish;
    chekka va oraliq masofalarni oʻzgartirish;
    belgi oʻlchamini oʻzgartirish;
    Arial yoki 
    Courier kabi turli garnitura (shrift) lardan
    foydalanish;
    turli effektlar, masalan, kursivqalin va 
    ustki
    yozuvlar;
    matnni xat boshidan boshlash;
    avtomatik marker belgilari va raqamlash;
    matnni tekislash.
    Tarqatma xatlarni tayyorlashda amaliy koʻnikma talab etiladi
    va bu amaliy koʻnikmaning bir qismini hujjatlarning jozibali
    koʻrinishini taʼminlash, shu bilan birga juda koʻp chalgʻituvchi
    qoʻshimchalarsiz oʻqishga qulay saqlash tashkil etadi.
    6.01-rasm. Ustunlarga yozilgan matn, sarlavhalar, matn
    maydonlari, yon masofalardan foydalanish va rangli tasvirlar 
    aks etgan maktab tarqatma xati; AKT dasturlari bu hujjatning 
    tayyorlanishini osonlashtirgan.
    6.01-SAVOL
    a 6.01-rasmdagi tarqatma xatga qarang hamda imkon
    qadar koʻproq oddiy matn bilish ishlash texnikalaridan
    foydalanilgan holatlarni topishga harakat qiling.
    b Tarqatma xat samarali yoki yoʻqligi haqida xulosa
    qiling. Uni qanday takomillashtirish mumkin?
    a Tasavvur qiling, shrift oʻlchamlari turlicha beshta
    tarqatma xat tayyorladingiz. Sizningcha, nima uchun 
    oʻqituvchingiz buni maʼqullamaydi?
    b Maktabingiz logotipi tasvirini, ostidagi matnni oʻqisa
    boʻladigan qilib, matnning ustiga joylashtirmoqchisiz.
    Buni DTP dasturida qanday bajarish mumkin? 13
    va 14-boblarda ushbu mavzuga doir bir qancha
    maslahatlar berilgan.
    6.01-QO’SHIMCHA MASHGʻULOT
    65
    6-bob: AKTni tatbiq etish


    DTP dasturlar juda oz kuch sarflab, koʻplab nashr formatlaridan
    foydalanish imkonini beradi (6.02-rasm) va hozirda devoriy
    gazetalar yoki flayerlar tayyorlashda ko’pchilikka qo’l
    kelmoqda.
    6.02-rasm. Odatiy DTP dasturidagi turli xil shablonlarga misol
    (bu misol Microsoft Publisher dasturidan olingan)
    Chop etishga keladigan boʻlsak, endilikda koʻp sonli
    sahifalarga, ayniqsa, ikki tomonlama (
    dupleks) sahifalarga 
    osongina ishlov berish mumkin. Dupleks chop etish uchun 
    dupleks printer talab etiladi (agar qogʻoz qoʻlda agʻdarib
    turilmasa). Vaqt va siyoh narxi tufayli koʻp sonli nashrlarni
    bosib chiqarish uchun purkagichli printer toʻgʻri kelmaydi.
    Shunga koʻra, bunday ish uchun rangli lazerli printer eng
    munosib tanlov sanaladi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish