• Salomatlik bilan bogʻliq boshqa muammolar
  • Takrorlanuvchi zo‘riqishdan shikastlanish (RSI)




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Takrorlanuvchi zo‘riqishdan shikastlanish (RSI)
    RSI (Repetitive strain injury) asosan, klaviatura yoki
    sichqonchadan bilak mushaklarini zoʻriqtiradigan takroriy
    harakatlarni bajarilganda yuzaga keladi. Bu ogʻriqli holat bo’lib,
    hozirda qonunchilik kompaniyalarni RSI holatlarini qisqartirish
    strategiyalarni qoʻllashga undamoqda.
    Salomatlikni saqlash va texnika xavfsizligi tartib-qoidalariga 
    muvofiq, koʻplab kompaniyalar ish rotatsiya strategiyalarini
    qoʻllash orqali oʻz xodimlarining RSI xavfiga yoʻliqmasligini
    taʼminlaydi. Ish rotatsiyasi strategiyasiga amal qiluvchi
    xodimlar RSI shakllanishiga sabab bo’ladigan bir xil ish bilan
    muntazam shugʻullanmaslik uchun har bir necha soatda
    boshqa ishni bajarishga oʻtadi.
    Salomatlik bilan bogʻliq boshqa muammolar
    Tananing orqa qismi bilan bogʻliq muammolar juda past yoki
    juda baland joylashtirilgan kompyuterdan foydalangan holda, 
    uzoq vaqt “bukchayib” oʻtirish natijasida , koʻrish qobiliyati
    bilan bogʻliq kasalliklar esa yorugʻlikning yoʻnalishi va yarqirash
    muammolari sababli yuzaga kelishi mumkin.
    Salomatlik bilan bogʻliq bu xatarlarning baʼzilarini yengib
    oʻtish strategiyalari foydalanish odatlaringizdan ogoh
    boʻlish va ATdan foydalanish usulingiz biror salomatlikka oid
    muammoga sabab boʻlayotgani yoki yoʻqligini baholashni
    oʻz ichiga oladi. RSIga olib keladigan mushak bilan bogʻliq
    muammolar bir xil holatda AT qurilmadan foydalanadigan 
    vaqtingizni kamaytirish kerakligini koʻrsatadi: holatingizni
    oʻzgartiring, qulay, sozlanadigan kursilardan foydalaning
    yoki bir xil holatda ishlashdan oʻzini tiklab olishi uchun
    barmoq, bilak, orqa va boʻyningizga bir oz dam berib, qisqa
    tanaffuslar qiling. Shuningdek, ekraningizni yorugʻlik toʻgʻri
    burchak ostida boʻladigan holda joylashtirish orqali koʻzingiz
    yoki koʻrish qobiliyatingizga shikast yetkazish ehtimolini
    cheklang. Yorqinlikka qarshi ekranlardan foydalanishingiz yoki 
    shaxsiy ehtiyojlaringizga muvofiq, matn yoki tasvir oʻlchamini
    kattalashtirish uchun ekranni oʻzingizga moslashtirishingiz
    ham mumkin.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Takrorlanuvchi zo‘riqishdan shikastlanish (RSI)

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish