Veb-saytlarning oddiy turlaridan tortib juda murakkab
turlarigacha mavjud. Aytaylik, ijtimoiy klubga
foydalanuvchilarga tadbirlarning sanasi va vaqti kabi
maʼlumotlarga ulanishga, potensial aʼzolarga klub tarixi va
rivojlanishi haqida maʼlumot
berishga yaroqli, oddiy veb-
sayt kerak bo’ladi. Shuningdek, u kontakt maʼlumotlarini
ko’rsatgan foydalanuvchilarga klubdagi asosiy kishilar bilan
bogʻlanish imkonini beradi. Veb-saytning bunday turlari
yuqori texnik mahoratni talab
qilmaydi hamda veb-dizayner
sifatida ishlamaydigan odamlar ham ularni loyihalashtirib,
yarata oladi. Biroq murakkab turdagi masalan, bank,
davlat xizmatlari va katta chakana savdo bizneslari kabi
kompaniyalar foydalanadigan veb-saytlar uchun malakali
veb-dizaynerlarning mahorati va tajribasi talab qilinadi.
Veb-dizaynerlar foydalanuvchilar maʼlumot kiritish, real
vaqt rejimida oʻz soʻrovlari natijalarini olish (masalan,
chipta
buyurtma qilish) hamda elektron xabarlar yuborish imkoniga
ega interaktiv saytlarni yarata olishi kerak. Yanada murakkab
veb-saytlar foydalanuvchilarga veb-saytdagi kompaniya bilan
munosabatlarini kuzatib borishi mumkin boʻlgan maydonga
joylashtiradi. Elektron tijorat veb-saytlari
veb-dizaynerdan
barcha mijoz yoki xaridorlarning maʼlumotlarini saqlash va
ularning barcha tranzaksiyalarini yozib olish uchun ichki
maʼlumotlar bazasi yaratishni talab qiladi. Veb-sayt ishlab
chiqilayotganda yana bir nihoyatda muhim jihat – xavfsizlikdir,
chunki xakerlar ham kompyuter dasturchilari, Shu sababli,
veb-sayt dizaynerining texnik mahorati ular yasaydigan veb-
saytlarning xavfsizlik darajasi bilan belgilanadi.
Kompyuter dasturchilari
Kompyuter dasturchilik ishi insonlarga mashinalar bilan aloqa
qilishga yordam beradigan maxsus kod tilidan foydalanishdan
iborat. Bugungi kunda yuzlab xildagi turli kompyuter dasturlash
tillaridan foydalaniladi. Koʻp kompyuter dasturchilari muayyan
kompyuter tizimlarini ishlab chiqish
uchun bittadan ortiq tildan
foydalana oladi. Bugungi kunda kompyuter dasturchilikni
alohida oʻrganmagan barcha – yosh-u qari, jamiyatning hamma
qatlamlari vakillari dasturlay oladi. Kishilarga dasturlashni
oʻrgatadigan koʻp sonli onlayn darslar mavjud.
Kompyuter dasturchiligi kasbi ham nisbatan yangi kasb turidir,
u kopmyuterlar paydo boʻlmasidan oldin mavjud boʻlmagan.
Dasturchilar taʼlim, koʻngil ochish,
salomatlik, moliya va
boshqa koʻplab sohalar uchun kompyuter tizimlarini yaratadi.
Baʼzi kompaniyalar oʻz ehtiyojlari uchun maxsus kompyuter
tizimlarini ishlab chiqish maqsadida kompyuter dasturchilarini
yollaydi. Bunday hollarda, dastur
buyurtma asosida ishlab
chiqiladi. Baʼzida tayyor standart dasturlar toʻplamlarini sotib
olishingiz mumkin, masalan, matn protsessori, elektron jadval,
taqdimot va bosma nashrlarni tayyorlash dasturlariga (DTP)
ega odatiy “ofis toʻplami” toʻplam sifatida sotiladi.
Ushbu
kompyuter dasturlari ham dasturchilar tomonidan yaratilgan.
Ular mazkur dasturlarni doimiy ravishda takomillashtirib
boradi (Office 2007, Office 2010, Office 365, va h.k.).