• 5.04 AT jihozlaridan uzoq muddat foydalanish bilan bogʻliq salomatlik muammolari
  • Mikroprotsessorlarning turmush tarziga




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Mikroprotsessorlarning turmush tarziga
    salbiy taʼsirlari
    Ushbu uy jihozlari paydo boʻlishidan oldin kishilar idish
    yuvish, pollarni supurish, gilamlarni tozalash, qoʻlda kir
    yuvish uchun koʻproq vaqt sarflagan va bu mashgʻulotlar
    insonlarni sogʻlomroq saqlashga yordam bergan. Texnologiya
    60
    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


    boʻlmaganligi bois, jismoniy harakat insonlar kundalik
    hayotining katta qismini tashkil qilardi.
    5.06-rasm. Kir yuvish mashinalaridan avvalgi kir yuvish jarayoni.
    Mikrotoʻlqinli pechda taom tayyorlash ovqat pishirishning
    anʼanaviy usuliga qaraganda ancha tez. An’anaviy anʼanaviy
    usulda hamma narsani noldan tayyorlash va pishirish ancha 
    koʻp vaqt olgan. Biroq, zamonaviy usul koʻp hollarda u qadar
    sogʻlom emas. Bu texnologik yutuqlar ayniqsa ayollarning
    hayotini oʻzgartira boshladi, chunki yuqoridagi vazifalarni
    odatda ayollar bajarishi kerak edi. Bu ularning uydagi 
    vazifalari yengillashgach, uydan tashqaridagi ishlar bilan 
    koʻproq shugʻullana oladigan boʻlganini anglatadi (bunga
    boshqa, nisbatan umumiy va siyosiy omillar ham hissa 
    qoʻshgan).
    5.04 AT jihozlaridan uzoq 
    muddat foydalanish bilan bogʻliq 
    salomatlik muammolari
    AT jihozdan foydalanishning koʻplab zararlari borligi aytiladi.
    Biroq anchasi, masalan, ularda uchraydigan kichik miqdordagi 
    radioaktiv moddalarning xavfi hali isbotini topmagan. Bosh
    barmoq, bilak, koʻz, boʻyin va orqa mushaklarni haddan
    ortiq ishlatish bilan bogʻliq salomatlik muammolari tez-tez
    uchrab turadi. ATning salomatlik uchun zararlaridan yana biri 
    boshqalar bilan suhbatlashish yoki yozishishga boʻlgan doimiy
    ehtiyoj oqibatida kelib chiquvchi stress bilan bogʻliqdir. baʼzilar
    xabar yoki qoʻngʻiroq boʻlmasa-da, xabar keldi yoki qoʻngʻiroq
    boʻldi degan tasavvurda “xayoliy” qoʻngʻiroqlarni boshdan
    oʻtkazadi. Koʻplab foydalanuvchilar noutbuklarini yotoqxonada
    yoki yotogʻida saqlaydi: ekrandan taraluvchi sunʼiy yorugʻlik
    ularning uxlash tarziga salbiy ta’sir qiladi, chunki bu qondagi 
    yaxshiroq uxlashingizga yordam beruvchi melatonin 
    moddasining kamayishiga olib keladi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish