• 5.02-QO‘SHIMCHA MASHGʻULOT 5.01-SAVOL Kompyuter dasturchilari ishiga yordam berish uchun zarur boʻlgan boshqa kasb turlarini tasavvur qila olasizmi 59
  • Yetkazib berish haydovchilari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Yetkazib berish haydovchilari
    Onlayn xarid va elektron tijorat nihoyatda ommalashib 
    borayotgani sababli, yetkazib berish xizmatlariga 
    boʻlgan ehtiyoj oshib bormoqda. Internetdan deyarli
    hamma narsani buyurtma qila olasiz va ular juda qisqa 
    vaqt ichida ostonangizga yetkazib beriladi. Dunyoning 
    istalgan nuqtasidan mahsulot buyurtma qilishingiz, 
    mahsulotlaringiz baʼzida ularni qabul qilib olguningizga
    qadar uzoq masofani bosib oʻtishi mumkin. Yetkazib berish
    xizmatlarini taklif etuvchi onlayn doʻkonlar soni oʻsib, hozirda
    faoliyat yuritayotgan koʻplab kuryerlik kompaniyalarida
    yanada koʻproq yetkazib berish haydovchilari kerak
    boʻlmoqda.
    5.04-rasm. Onlayn buyurtma qilingan mahsulotlarni yetkazib
    berish tobora ommalashib bormoqda.
    Veb-sayt dizaynerlariga yordam berish uchun yaratilgan
    barcha yangi kasblarning roʻyxatini tuzing. Yangi kasb
    boʻlgan veb-sayt dizaynerligi boshqa sohalardagi
    bandlikni qay darajada oshirganini taʼriflang.
    5.02-QO‘SHIMCHA MASHGʻULOT
    5.01-SAVOL
    Kompyuter dasturchilari ishiga yordam berish uchun 
    zarur boʻlgan boshqa kasb turlarini tasavvur qila olasizmi?
    59
    5-bob: Axborot texnologiyalarining ta’siri


    5.02 Tashkilotlarning ish 
    uslublariga ATning taʼsiri
    Oʻtmishda aksariyat ishlar har hafta dushanbadan jumagacha
    erta tongda boshlanib, tushdan keyin taxminan beshda 
    yakunlanardi. Biroq endilikda AT masofadan turib ishlash va 
    qayerda boʻlishingizdan qatʼi nazar, ofis bilan aloqada boʻlish
    imkoniyatining jiddiy omili boʻldi. Bu shuni anglatadiki, ish
    har tong boradigan joyingiz boʻlishi shart emas, aksincha, u
    xodimni ham, ish-beruvchini ham qoniqtirsa, istalgan yerdan 
    va istalgan paytda bajarilishi mumkin boʻlgan mashgʻulotga
    aylanmoqda. Masalan, yuqori tezlikdagi keng polosali va 
    mobil tarmoqlar orqali virtual uchrashuvlarni oʻtkazish
    imkonini beradigan dasturlardan foydalanish mumkin. 
    Universitetlar onlayn kurslar taklif eta oladi, bunda oʻqituvchi
    va talabalarning barchasi turli mamlakatlarda boʻlgan holda,
    nosinxron tarzda aloqa qilish uchun universitet forumlaridan 
    foydalaniladi. Kommunikatsiya dasturi tufayli, siz loyihalar 
    yoki hujjatlar ustida ishlash uchun masofadan turib ish 
    beruvchining LAN tarmogʻiga kira olasiz, shartnomalar va
    hujjatlarni elektron pochta orqali almashish yoki mavjud turli 
    dasturlar yordamida sinxron yigʻilishlar oʻtkazish mumkin.
    Ish odatlaridagi oʻzgarishlardan yana biri shuki,
    kompaniyalar 

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish