• Ish joylaridagi ATga ixtisoslashuv
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    malakasizlantirish 
    deb ataladi. Malakasizlantirish malakali insonlarning 
    oʻrnini texnologiyalar egallashi, ularni boshqaruvchi
    odamlardan esa kamroq koʻnikmalar talab etilishini
    anglatadi. Lekin malakali ishchilarning oʻrnini toʻlaligicha
    robotlar tomonidan egallanishi malakasizlantirish 
    tushunchasidan biroz farq qiladi
    Bir tomondan Azamat xursand: avvallari oʻgʻli uning izidan
    borib, yuqori malaka talab etiladigan, ammo xavfli ishini
    oʻrganishga shogirdlikka tushmoqchi edi. Endi esa, u
    boʻyoq konteynerlarini taxlovchi robotlar boshqariladigan
    nazorat xonasidan ish topdi. Bu ish ham Azamat dek 
    malakali boʻlishni hamda tayyorgarlikdan o’tishni talab
    etadi. U malakali deyishadi. U oʻzichalik malakali boʻlmagan
    texnik usta bilan yonma-yon ishlaydi, biroq usta undan 
    shogirdlik maqomida saboq olmoqda. U yarim malakali 
    usta.
    57
    5-bob: Axborot texnologiyalarining ta’siri


    KALIT SOʻZLAR
    Malakasizlantirish: malaka talab etiladigan ishni qilib 
    kelayotgan kishilarning oʻrnini kamroq koʻnikmaga ega
    operatorlar tomonidan boshqariladigan texnologiyalar 
    egallashi, shu tarzda, kompaniyada pul tejalishi.
    Ish joylaridagi ATga ixtisoslashuv
    Bugunning AT tizimlari ish joyida yanada ixtisoslashgan 
    kompyuter koʻnikmalari va qobiliyatlarini talab qiladi.
    Dunyodagi talab eng yuqori boʻlgan ishlarning 80% AT
    sohasiga aloqador. Ish turlari jadallik bilan oshib bormoqda,
    chunki har bir ish turi juda ixtisoslashgan AT koʻnikmalari
    va qobiliyatlarini talab qiladi. Bularning baʼzilari “bir umrlik”
    ish emas, aksincha, qisqa muddatli shartnoma asosidagi 
    ishga aylangan. Bundan tashqari, baʼzi ixtisoslashgan AT
    amaliy koʻnikmalari kishini qisqa muddat ichida dunyoning
    bir chekkasidan ikkinchi chekkasiga olib bora oladi. Mehnat 
    bozoriga kirayotgan yoshlar orasida bir vaqtning oʻzida
    bir nechta kompaniya va tashkilotlar bilan bittadan koʻp
    shartnoma tuzish hollari tez-tez uchrab turadi. Kompyuter 
    fanlari sohasida oʻqigan, lekin ixtisosligi veb-ilovalar emas,
    maʼlumotlar bazasi boʻlgan kishi bunga misol boʻla oladi.
    Bularning har biri juda xususiy amaliy koʻnikmadir, ikkala soha
    vakili ham oliy taʼlimda kompyuter fanlari sohasida oʻqigan
    boʻlsa-da, bir-birining ishini qila olishi shart emas. Muqobil
    ravishda, kishilar dasturlash boʻyicha ilmiy daraja dasturida
    oʻqigan boʻlishi shart emas, balki bepul MOOC (Massive Open
    Online Courses - ommaviy ochiq onlayn kurslar)dan biri orqali
    veb-ilovalar yoki maʼlumotlar bazasi boʻyicha bitta kursni
    oʻrgangan boʻlishi mumkin.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish