9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

5-bob haqida umumiy
maʼlumot
Bu bobda AKT bizga qanday taʼsir oʻtkazayotganini koʻrib
chiqamiz.
Kompyuterlar paydo boʻlganidan beri bizning ishlash
uslublarimiz tubdan oʻzgardi. Kundalik hayotimizda ATdan
foydalanish natijasida koʻplab ijobiy o’zgarishlar kuzatildi,
biroq alohida urgʻu berilishi kerak boʻlgan bir nechta salbiy
jihatlar ham mavjud.
Ulkan oʻzgarishlarga guvoh boʻlgan sohalardan biri – bandlikdir;
kasblarning koʻplab turlari oʻzgardi va baʼzilari butunlay yoʻq
boʻlib ketdi. Bundan tashqari, ish soatlari modeli ham oʻzgardi va
bu koʻplab insonlarning turmush sifatiga taʼsir koʻrsatdi, masalan,
odamlar bilan koʻproq muloqot qilish uchun koʻproq boʻsh vaqt
paydo boʻldi.
Ammo muayyan AT uskunalarni haddan ortiq ishlatish 
oqibatida doimiy zoʻriqishdan shikastlanish (RSI) kabi
mushaklarga oid kasalliklarar, koʻz salomatligi muammolari
singari AT uskunalardan foydalanish bilan bogʻliq xavflar
koʻproq uchramoqda. Xususan, RSI bir harakat koʻp marta
takrorlanganda, masalan, klaviatura, sichqoncha yoki ekrandan 
uzoq vaqt foydalanganingizda paydo boʻladi. RSI xastaligini
haddan ortiq mukkasidan ketish kasalligi deb hisoblash 
mumkin.
Ushbu bobda mikroprotsessor moʻjizalari ham tadqiq qilinadi,
chunki ular yer yuzidagi deyarli har bir xonadonda bor.
Va nihoyat, AKT va undan foydalanish qay tarzda
salomatligimizga taʼsir qilishini koʻrib chiqamiz. Biz salomatlik
uchun baʼzi yirik xatarlarni aniqlaymiz va ularning oldini olish
yoʻllarini taklif etamiz; kompyuter tizimlarida uchraydigan baʼzi
xavfsizlik masalalarini – kabellardan tortib elektr taʼminoti
uskunalari va mahkamlash anjomlarigacha o’rganamiz.
Mikroprotsessorlar – kompyuterlar ichida uchraydigan 
dasturlanadigan kichik protsessorlardir. Ular raqamli axborotni 
kirish maʼlumoti sifatida qabul qiladi va xotirada saqlangan
koʻrsatmalarni tahlil qilib, soʻralgan natijani chiqarib beradi.
Kompyuter tizimi ishga yaroqli boʻlishi uchun kiritish va
chiqarish qurilmalarining ulangan boʻlishi talab etiladi.

Download 132,8 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish