• Ilmiy tajribalar
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    6.04-QO‘SHIMCHA MASHGʻULOT
    71
    6-bob: AKTni tatbiq etish


    Oʻlchashda AKTdan foydalanishning aniqlik va xavfsizlik
    yagona sabablari emas. Agar oʻlchash ishlari uzoq vaqt
    davomida amalga oshirilishi kerak boʻlsa, insonlar oʻlchashni
    unutib qoʻyishi yoki kerakli vaqtda oʻlchay olmay qolishi
    mumkin. Shu sababli oʻlchash borasida AKT tizimlar insonlarga
    qaraganda bir qancha afzalliklarga ega:
    Aniqlik: AKT insonga qaraganda aniqroq va tezroq oʻlchay
    oladi.
    Ishonchlilik: Har safar va har doim oʻlchashni amalga
    oshirishda AKTga ishonish mumkin.
    Toʻgʻrilik: AKT oʻlchash toʻgʻri vaqtda amalga oshirilishini
    taʼminlaydi.
    Xalaqit bermaslik: oʻlchash ishlarini oʻlchanayotgan
    narsaga bezovta qilmasdan amalga oshirish mumkin.
    Kompyuterda yozib olingan maʼlumotlarni inson
    tomonidan yozib olingan maʼlumotlarga qaraganda ancha
    oson va tez tahlil qilish mumkin.
    Avtomatlashtirilgan tizimlar inson ishlay olmaydigan 
    holatlarda ishlay oladi hamda insonlarni boshqa vazifalarni 
    bajarish imkoniyatini yaratadi.
    Ilmiy tajribalar
    Oʻlchash ishlarini amalga oshirib, soʻng olingan oʻlchovlar
    asosida qarorlar qabul qiluvchi protsessorlar tomonidan 
    boshqarilishi kerak boʻlgan koʻplab turli ilmiy tajribalar bor.
    Nega ilmiy tajribalar davomida oʻlchash uchun sensorlardan
    foydalanish bu qadar muhim?
    Koʻpincha oʻtkazilayotgan tajriba insonlar uchun xavfli
    boʻladi. Insonlardan foydalanib boʻlmaydigan holatlarida
    sensorlardan foydalanish mumkin.
    Ilmiy tajribalar natijalari olinadigan oʻlchovlarning
    aniqligiga asoslanadi.
    Bu biror oʻlchash jarayoni oʻtkazib yuborilmasligi uchun
    zarur, aks holda tajriba natijalari shubha ostiga olina 
    boshlanadi.
    Natijalarni oʻzgartirishi mumkin boʻlgan har qanday
    narsaning tajribaga xalal bermasligini taʼminlash muhimdir.
    Harorat sensorlaridan idishda reaksiyaga kirishayotgan
    kimyoviy moddalarning haroratini oʻlchashda foydalanish
    mumkin; ular dvigateldagi ishqalanish me’yordan ortmasligini 
    taʼminlash maqsadida muhandislik ustaxonasida dvigatel
    qism haroratini oʻchash uchun ishlatilishi mumkin. Harorat
    sensorlaridan foydalaniladigan koʻplab holatlar mavjud.
    Yorugʻlik sensorlaridan foydalanish hollari kamroq kuzatiladi.
    Ulardan, masalan, oʻsimliklarning oʻsishi boʻyicha biologik
    tajribada foydalanish mumkin. Kompyuterdan uzoq vaqt 
    davomida muayyan vaqt oraliqlaridagi yorugʻlik darajalarini
    oʻlchashda foydalanish mumkin. Soʻng ushbu maʼlumotlar
    har xil oʻsimlik turlarining turli oʻsish sharoitlaridagi oʻsish
    darajasini aniqlash boʻyicha tajribaning bir qismi sifatida
    ishlatilishi mumkin.
    Tajribalarda bosim sensorlariga ham ehtiyoj tugʻilishi mumkin.
    Bosim sensorlari kimyoviy tajribalarda nihoyatda muhimdir.
    Ayrim reaksiyalar faqat muayyan bosim ostida amalga 
    oshirilganda ish beradi va kompyuter toʻgʻri bosim darajasidan
    foydalanilishini taʼminlashi lozim. Shuningdek, kimyoviy
    reaksiyalarda koʻpincha oʻz holatini oʻzgartiruvchi va yirik
    miqdorda gaz hosil qiluvchi kimyoviy moddalar ishlatiladi. 
    Agar bitta reaktor idishda saqlansa, katta bosim yuzaga kelishi 
    kuzatiladi, agar bosim nihoyatda kuchli boʻlsa, bu juda xavfli
    boʻlishi mumkin.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish