|
Kompyuter tomonidan boshqariladigan Pdf ko'rish
|
bet | 120/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikKompyuter tomonidan boshqariladigan
oynavand issiqxonalar
Oynavand issiqxonadagi harorat xuddi markaziy isitish
kontrolleri kabi boshqariladi. Oynavand issiqxonadagi
namlik ham nazorat qilinishi kerak. Namlik sensori
kompyuterga havo qanchalik namligini aytadi, shunda
kompyuter purkagichlarga suv manbasini ulash yoki ulamaslik
haqida qaror qabul qiladi.
Derazalar ham kompyuterlar yordamida ochilishi yoki yopilishi
mumkin.
Oynavand issiqxonalarda shishaning ustida kompyuter
tomonidan boshqariladigan pardalar ham boʻlishi mumkin.
Yorugʻlik sensori yorugʻlik darajasini oʻlchaydi. Quyosh eng
issiq boʻlgan paytda kompyuter elektr motorlarini harakatga
keltiradi, ular oʻsimliklarga soya boʻlishi uchun tushiradi.
Kompyuter boshqaruvi bogʻdagi bitta oynavand issiqxona
uchun ishlatilishi mumkin, biroq uning tijoriy hududlar va
optimal oʻsish sharoitini saqlash uchun koʻp sonli zaruriy
oʻzgarishlarni amalga oshirish insonlar uchun, shunchaki,
imkonsiz boʻlgan yirik komplekslarda ishlatilish ehtimoli
yuqori.
Himoya signallari
Oddiy himoya signali eshik yoki deraza ochilganda buni oddiy
magnit va kontakt svich yordamida aniqlaydi. Boshqaruv
dasturiga signal yuboriladi, u ogohlantirish signalini yoqadi.
Hali tilga olinmagan sensorlardan biri – harakat sensoridir. U
sensor diapazoni ichida harakatni aniqlash uchun infraqizil
nurdan foydalanadi. Sensorning koʻrish maydonidagi
obyektlardan chiqadigan infraqizil yorugʻlik nurlanishi doimiy
boʻlishi kerak. Agar diapazon ichida nimadir harakatlansa,
infraqizil yorugʻlikning shakli oʻzgaradi va sensor bu oʻzgarishni
aniqlaydi. Bu sensorlar
passiv infraqizil (PIR) sensorlar
deyiladi.
6.05 Modellashtirish dasturlari
Kompyuter modellashtirishda nimanidir ifodalash uchun
matematik formulalardan foydalaniladi. Formulalar biror
narsaning turli sharoitlardagi xatti-harakatini tahlil yoki
bashorat qilish uchun ishlatiladi. Masalan, binoning kompyuter
modeli uning zilzila yoki boʻronli shamollarga qanday reaksiya
qilishini tekshirib koʻrishi mumkin.
Holatni modellashtirishning ikkita aniq sababi bor: hech kimni
xavf ostiga qoʻymasdan turli holatlarni sinovdan oʻtkazish;
katta mablagʻ sarflamasdan ularni amalga tatbiq etish
ehtimolini sinab koʻrish (nimaningdir ishlamasligini bilib olish
uchun prototip yaratish qimmatga tushmaydi).
6.06-SAVOL
Harakat sensorlari qanday qilib kichik jonzotlarni
eʼtiborsiz qoldirishini oʻrganing. (Avtomatik pol tozalagich
qanday ishlashi yoki avtomatik maysa oʻrgich qanday
ishlashini kuzatish orqali boshlashingiz mumkin; ikkalasi
ham kichik jonzotlardan saqlanishi kerak).
|
| |