• Elektron jadvallar
  • 6.06 Ishlab chiqarish sohasidagi dasturlar Robototexnika
  • Odamlardan emas, kompyuter boshqaradigan tizimlardan foydalanishning afzallik va kamchiliklari
  • 6-bob: AKTni tatbiq etish




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    77
    6-bob: AKTni tatbiq etish


    Agar avtomobilning yangi dizayni boʻyicha kompyuter model
    ishlab chiqilgan boʻlsa, avtomobilning alohida qismlarini
    muayyan sharoitlardan nihoyatda batafsil oʻrganish mumkin.
    Biroq modellashtirilayotgan “obyekt” har qanday narsa boʻlishi
    mumkin, atomdan tortib orqa ilgak tizimigacha, rezervuardan 
    tortib sayyoragacha!
    Elektron jadvallar
    Elektron jadvallar oddiy kompyuter modellashtirish ishlari 
    uchun nihoyatda foydalidir, chunki ularda “what if . . . ?’
    mantiqiy savollarini berish imkoni mavjud.
    Oila oʻz oilaviy mablagʻlarini elektron jadvalda saqlashi
    mumkin.
    Maktab ashyolari doʻkonida doʻkon yozuvlarini elektron
    jadvalda saqlash mumkin. Bu quyidagi kabi savollarni soʻrash
    imkonini beradi: “Boshqa meva turlariga qaraganda, olmani 
    koʻproq afzal koʻrishadi, lekin biz qoʻygan narxlar tufayli
    oʻquvchilar olma sotib olmaydi. Har bir olma sotilgandagi
    foyda miqdorini kamaytirish qanday samara beradi?”
    Agar olmaning afzal koʻrilishi haqidagi taxminimiz haqiqat
    boʻlsa, biz elektron jadval modelida olma narxini pasaytirib,
    sotilgan olmalar sonini oshira olamiz. Elektron jadvalimizda 
    oʻquvchilarga yoqadigan yoki yoqmaydigan narsalarni hisobga
    olishimiz kerak boʻladi. Shunda elektron jadval foydaning
    ortishi yoki kamayishini bashorat qila olishi mumkin.
    6.06 Ishlab chiqarish sohasidagi 
    dasturlar
    Robototexnika
    Robototexnika 1-bobdan muhokama qilingandi, ular ishlab
    chiqarish sanoatida muhim rol oʻynaydi. Robotlardan
    foydalanishni yodga olish uchun 1-bobni koʻrishingiz kerak va
    ularning afzalliklari va kamchiliklarini ham esga oling.
    Odamlardan emas, kompyuter boshqaradigan 
    tizimlardan foydalanishning afzallik va 
    kamchiliklari
    Robotlarning dastlabki narxi qimmat boʻlishi mumkinligiga
    qaramay, ular tezlikni oshirish, toʻxtovsiz ishlay olish
    (tanaffuslarga hojat yoʻq), mehnat xarajatlarini qisqartirish
    (malaka oshirish yoki qayta malaka oshirish yoxud yangi 
    xodimlarni ishga olish), mahsulotning yuqori sifati va insonlar 
    uchun juda xavfli, juda zerikarli yoki jismoniy jihatdan juda
    talabchan boʻlgan sohalarda ishlarni bajarish qobiliyati orqali
    ishlab chiqarish sanoatida xarajatlarni kamaytira oladi.
    Robotlarning mustaqil qarorlar qabul qila olmasligi ularning 
    kamchiliklaridan biridir. Agar dasturlashtirilmagan biror narsa 
    yuz bersa, ular yangi sharoitga moslashish uchun harakatlarini 
    oʻzgartira olmaydi. Oʻrnatish uchun dastlabki xarajatlar juda
    qimmat boʻlishi mumkin hamda ular insonlar uchun ishsizlikni
    keltirib chiqaradi. Ular baʼzan buzilib qolishi mumkin, bunday
    hollarda ularni taʼmirlash vaqtida ularning ishini bajaruvchi
    hech kim boʻlmaydi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish