• Oʻrganuvchining oʻzlashtirish darajasini qayd etish
  • Maktab boshqaruv tizimlari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    6.07 Maktab boshqaruv tizimlari
    Maktab registratsiya tizimlari
    Maktab registratsiya tizimlari OMR tizim texnologiyalariga 
    asoslanadi. Kiritishning bunday turi 2-bobda tasvirlangan.
    Varaqlar siyohda chop etiladi, uni odamlar oʻqishi mumkin,
    lekin skanerlash jarayoni orqali oʻqib boʻlmaydi. Bu siyohlar
    odatda koʻk yoki pushti och tuslarda boʻladi. Qogʻozdagi ushbu
    siyohlar yordamida foydalanuvchiga koʻrsatmalar beriladi
    va foydalanuvchi maxsus belgi qoʻyishi mumkin boʻlgan
    joylar belgilanadi. Belgilarning joylashuvi ularning oʻzidan
    koʻra muhimroqdir. Sahifa skanerlanganda kompyuterga
    kiritiladigan yagona maʼlumot maxsus belgilarning
    koordinatalari boʻladi, soʻng kompyuter qaysi joylar
    boʻyalganini, oʻz-oʻzidan, foydalanuvchi kiritmoqchi boʻlgan
    maʼlumotlarni ayta oladi.
    6.17-rasm. Sinf uchun maktab registratsiya shaklining bir qismi.
    Shakl OMR tizimi bilan foydalanish uchun ishlab chiqilgan. 
    Oʻqituvchi muayyan oʻquvchi uchun tegishli katakchani
    belgilaydi: B = bor (shu yerda), Y = yo‘q (kelmagan).
    Oʻrganuvchining oʻzlashtirish darajasini qayd 
    etish
    Aksariyat maktab boshqaruv tizimlari odatda xodimlarga 
    oʻquvchining baholarini qayd etish va ota-onalarga
    yuboriladigan hisobotlarda aks ettirish uchun yakuniy 
    baholarni avtomatik tarzda hisoblash imkonini beradi. 
    78
    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


    Ichki oʻrnatilgan funksiyalar oʻqituvchilarga oʻquvchining
    oʻzlashtirish darajasini kuzatish uchun maʼlumotlarni filtrlash
    imkonini beradi. Baʼzi murakkab tizimlar xodimlarni ehtimoliy
    oʻzlashtirishdan ortda qoluvchilar haqida avtomatik tarzda
    ogohlantiradi, shunda ortda qolayotgan oʻquvchilar eʼtibordan
    chetda qolmaydi hamda barcha oʻquvchilar eng kerakli paytda
    zarur boʻlgan yordamni olishlari mumkin.
    Imtihonlar baʼzi imtihon kengashlari talabiga binoan
    tashkillashtiriladi. Maktab boshqaruv tizimi tizimga kiritilgan 
    maʼlumotlar asosida bu bilan bogʻliq barcha vazifalarni
    bajarish imkoniyatiga ega. Yaqinlashayotgan imtihonni 
    barchaga eslatish uchun imtihon kengashlari, xodimlar, 
    oʻquvchilar va ota-onalarga avtomatlashtirilgan elektron
    pochta xabarlari yuboriladi. Imtihonlarni topshirish uchun
    oʻquvchilardan kompyuterda faqat xavfsiz kirish maʼlumotlari
    orqali kirish talab etiladi. Baʼzi hollarda ular imtihonni
    tugatishlari bilan natijalar haqida xabardor qilinadi. Biroq 
    hozirda barcha imtihonlar ham onlayn tarzda va talab asosida 
    oʻtkazilmaydi.
    Xuddi shuningdek, dars jadvallarini yaratish va oʻquv
    mashgʻulotlarini tashkillashtirish yoki dars jadvallariga
    oʻzgartirish kiritish ishlari ham, shunchaki, tizimga baʼzi
    muhim maʼlumotlarni kiritish orqali maktab boshqaruv
    tizimi tomonidan bajariladi. Tizimga oʻrnatilgan formulalar
    va funksiyalar xatolardan xoli dars jadvallarini ishlab chiqadi. 
    Xuddi shu kabi jadvallarni xodimlarning oʻzlari tuzishiga
    toʻgʻri kelganda, koʻpincha mukammal versiyani yaratishni
    uddalashlaridan oldin jadvalni bir necha bor qayta koʻrib
    chiqishlariga toʻgʻri kelgan. Dars jadvallariga oʻzgartirishlar
    kiritish ham samaraliroq tarzda amalga oshiriladi hamda 
    tizim elektron pochta va mobil telefon ogohlantirishlari kabi 
    elektron aloqa usullari yordamida barcha tegishli tomonlarni 
    bundan xabardor qila oladi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish