|
REPEAT buyrugʻi imtihon uchun zarur boʻlgan buyruqlarning
eng oxirgisi.
Avtomatik plitalar boshqaruvi Pdf ko'rish
|
bet | 118/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikREPEAT buyrugʻi imtihon uchun zarur boʻlgan buyruqlarning
eng oxirgisi.
Avtomatik plitalar boshqaruvi
2-bobda avtomatik kir yuvish mashinalari muhokama
qilingandi, endi avtomatik funksiyaga ega plitani koʻrib
chiqamiz. Avtomatik plitada foydalanuvchi tomonidan
kiritiladigan ikkita maʼlumot mavjud: kerakli harorat va
pishirish vaqtining davomiyligi. Sensor plitadagi haroratni
oʻlchaydi, mikroprotsessor esa haroratni oʻzgarmas holda
saqlab turish uchun qizitish elementlarini boshqaradi.
Mikroprotsessor pishirish vaqti tugaganda foydalanuvchiga
xabar berish uchun chiroq va signalni boshqaradi.
6.05-SAVOL
a
Oʻquvchidan teng tomonli uchburchak chizish uchun
buyruq yozish soʻraldi. Yozilgan buyruq quyidagicha
boʻldi:
REPEAT 3 (FORWARD 5, LEFT 60). Bu buyruq
yaratadigan diagrammani chizing va u nega soʻralgan
narsani chizmasligini tushuntiring. Toʻgʻri buyruq
qanday boʻlishi kerak? Teng tomonli oltiburchak
chizish uchun buyruq yozishga urinib koʻring.
Quyidagi buyruq ishga tushirilsa, natija qanday
boʻladi?
REPEAT 4 ((REPEAT 4 (FORWARD 4, LEFT 90), RIGHT 90)
Bir nechta oddiy chizmalar va ularni chizuvchi
buyruqlarni ishlab chiqishga urinib koʻring.
b
LOGO – juda qudratli dasturlash tilidir. Undan
qanday foydalanish mumkinligini oʻrganing. Agar
maktabingizda uning nusxasi boʻlsa, tovushlar yaratish
uchun mavjud buyruqlarni oʻrganing.
6.16-rasm. Avtomatik plitada mikroprotsessor tomonidan
soʻraladigan savollar va qabul qilinadigan qarorlarni aks ettiruvchi
grafik.
Markaziy isitish va kondetsioner kontrollerlari
Boshqaruv dasturlari uchun oltita omilni hisobga olishingiz
kerak. Quyida ushbu omillar xonadon vakillari uchun xonani
yetarlicha iliq (yoki salqin) saqlash nuqtayi nazaridan
keltirilgan:
1 Qanday maʼlumotlar kiritilishi kerak? Foydalanuvchi
kiritadigan maʼlumotlar: talab etiladigan xona harorati;
tizim yonadigan vaqt; tizim oʻchadigan vaqt. Tizim
tomonidan kiritiladigan maʼlumotlar: harorat sensori
xonadagi haqiqiy haroratni kiritadi; soat vaqt haqidagi
maʼlumotlarni beradi.
2 Istalgan natija: bu holatda, xona foydalanuvchi
kiritgan haroratgacha isitiladi yoki sovitiladi. Bu faqat
tizim yoqilishi kerak boʻlgan vaqtlarda amalga oshirilishi
lozim.
|
| |