LEFT 90
(LT 90)
6.13-rasm. Chapga burish.
Eʼtibor qiling, toshbaqa xuddi oʻngga siljiganga oʻxshaydi,
lekin
endi toshbaqa oldinga yursa, chiziladigan chiziqni tasavvur
qilsangiz, u chapga siljiganini koʻrasiz. Burilishlarda ehtiyot
boʻling, chalkashib ketish juda oson.
RIGHT 90
(RT 90)
6.14-rasm. Oʻngga burish.
Baʼzida toshbaqaning
ortidan chiziq qoldirmay
harakatlanishini xohlaysiz. Agar shunday qilmoqchi boʻlsangiz,
toshbaqani harakatlantirishdan oldin unga qogʻozdan
qalamini koʻtarib olishni aytishingiz zarur. Bu uchun kerakli
buyruq –
PENUP. Undan keyin son boʻlishi talab etilmaydi.
Shundan soʻng toshbaqa, to unga qalamni qogʻozga
qaytarib
qoʻyish aytilmagunicha, hech narsa chizmasdan harakatlanadi.
Bu uchun kerakli buyruq –
PENDOWN.
Aytaylik, siz yon tomoni 4 birlik boʻlgan kvadrat chizmoqchisiz.
Buyruqlar quyidagicha boʻladi:
FORWARD 4
(FD 4)
RIGHT 90
(RT 90)
FORWARD 4
(FD 4)
RIGHT 90
(RT 90)
FORWARD 4
(FD 4)
RIGHT 90
(RT 90)
FORWARD 4
(FD 4)
RIGHT 90
(RT 90)
Natijalar 6.15-rasmda koʻrsatilgandek boʻladi.
6.15-rasm. Qalamni harakatlantirish.
Toshbaqa
grafikadan foydalanayotganda, toshbaqa sahifa
boʻylab harakatlanarkan,