• 6.04-SAVOL Oxirgi buyruq shartmi Agar bu buyruq boʻlmasa, diagramma qanday koʻrinishda boʻlardi Agar RIGHT 90
  • RIGHT 90 emas, LEFT 90
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    RIGHT va LEFT buyruqlarini 
    chalkashtirib yuborish juda oson. Keyingi buyruqni sinab 
    koʻrishdan oldin har doim toshbaqa sizga qarama-qarshi
    tomonga qarab turganiga ishonch hosil qiling. Buni 
    diagrammani chizish vaqtida qogʻozni harakatlantirish orqali
    bajarishingiz mumkin.
    Takrorlash
    Kvadrat chizilgan buyruqlar toʻplami biroz zerikarli edi, chunki
    ular qayta va qayta bajarilgan bir xil buyruqlar edi. Buni 
    yozishga osonroq qilib qisqartirish mumkin.
    Kvadrat chizish buyruqlarini koʻrib chiqamiz; toʻrt juft quyidagi
    buyruqlar bor edi:
    FORWARD 4
    RIGHT 90
    Agar ularni bir qatorga qoʻymoqchi boʻlsak, ularning bir-biridan
    alohida saqlanishiga ishonch hosil qilishimiz kerak, shu sababli 
    ular orasiga vergul qoʻyiladi:
    FORWARD 4, RIGHT 90
    6.04-SAVOL
    Oxirgi buyruq shartmi? Agar bu buyruq boʻlmasa,
    diagramma qanday koʻrinishda boʻlardi? Agar
    RIGHT 
    90 buyruqlari FORWARD 4 buyruqlaridan oldin 
    boʻlganida diagramma qanday oʻzgargan boʻlardi? Agar
    burish buyruqlari 
    RIGHT 90 emas, LEFT 90 boʻlganida
    diagramma qanday oʻzgargan boʻlardi? Agar burish
    buyruqlari 
    RIGHT 90 dan LEFT 90 ga yoki aksincha 
    oʻzgartirib turilsa, diagramma koʻrinishi qanday boʻladi?
    75
    6-bob: AKTni tatbiq etish


    Endi ushbu bir juft buyruq bir martadan koʻproq bajarilishi
    kerak:
    REPEAT FORWARD 4, RIGHT 90
    Bizga boʻshliq kerak emas, lekin biz qanday buyruqlarni
    takrorlashni xohlayotganimizni aniq koʻrsatishimiz kerak,
    shuning uchun ushbu buyruqlar qavs ichiga joylanadi:
    REPEAT (FORWARD 4, RIGHT 90)
    Bu kvadrat chizadi, lekin muammo shundaki, qalam abadiy 
    aylanaveradi, chunki uni toʻxtatadigan hech narsa yoʻq.
    Kompyuterga qavs ichidagi buyruqlarni necha marta bajarish 
    kerakligini aytishimiz kerak. Bu yerda 4 marta deb aytiladi,
    chunki kvadrat 4 ta tomonga ega:
    REPEAT 4 (FORWARD 4, RIGHT 90)

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish