Ularni yozib olish va kompyuter yordamida qayta ishlash
uchun ular raqamli signallarga aylantirilishi kerak (1 lar va 0
lardan
iborat bitlar, qarang: 6.09-rasm).
Maʼlumotlar toʻplangach, kompyuterga yuborilishi lozim. Bu
analog-raqamli konvertor orqali amalga oshiriladi, shunda
kompyuter oʻziga yuborilgan signallarni tushunadi.
Atrof-Muhit ifloslanishini nazorat qilishda
mikroprotsessorlar va kompyuterlardan
foydalanish
Ifloslanish nazorati atrof-muhit sifatini kuzatish bilan bogʻliqdir.
Koʻpincha, bu atrof-muhitdagi ifloslanish darajalarini oʻlchash
va uzoq vaqt davomida darajalar boʻyicha hisobot berishdan
iborat boʻladi. Shu maqsadda
kompyuterlardan tez-tez
foydalaniladi.
6.10-rasm. Avtotransport vositasidan chiqarilayotgan zararli
gazlar.
Avtotransport vositalari ishlab chiqaradigan uglerod oksidi
va azot dioksidi kabi gazlarning darajasi ayniqsa muhimdir
(qarang: 6.10-rasm). Ular muayyan
gaz darajalarini aniqlab,
analog-raqamli konvertor orqali kompyuterga xabar
beradigan maxsus sensorlarni oʻrnatish orqali nazorat qilinadi.
Kompyuterlardan quyidagilarda foydalanish mumkin: