9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

6.03 Oʻlchash dasturlari
Oʻlchash dasturlari biror qiymat yoki qiymatlar toʻplamini
oʻlchash bilan bogʻliqdir. Oʻlchanayotgan obyektning
oʻlchamini namoyish qilish orqali foydalanuvchiga qiymatlarni
koʻrsatish uchun kompyuterdan foydalanish mumkin. Olinishi
kerak boʻlgan oʻlchovni ifodalash uchun kompyuterga baʼzi
maʼlumotlar taqdim qilinishi kerak. Ushbu oʻlchov natijalari
avtomatik tarzda oʻlchab, qiymatlarni kompyuterga qaytara
oladigan qurilmalar tomonidan olinadi. Bu qurilmalar 
sensorlar deb ataladi. Oʻlchanadigan aksariyat maʼlumotlar
analog maʼlumotlar boʻladi. Ushbu ish davomida har qanday
oʻlchangan analog maʼlumot kompyuter tizimi ishlata olishi
uchun raqamli maʼlumotga oʻzgartirilishi zarur. Kiritish
qurilmalari sifatidagi sensorlar haqida batafsilroq maʼlumot
uchun 2-bobga qarang.
AKT yuqori aniqlikda oʻlchash borasida insonlardan ancha
yaxshiroq. Ob-havo stansiyasida (qarang: 6.07-rasm) oʻlchov
ishlari amalga oshirishda aniqlik juda muhimdir, chunki 
o’lchangan maʼlumotlardan ob-havo bashoratini ishlab
chiqishda foydalaniladi. Xuddi shuningdek, kimyoviy reaksiya 
vaqtida reaktor idishi ichidagi haroratni ham aniq oʻlchash
kerak boʻlishi mumkin. Agar harorat juda pasayib ketsa,
reaksiya toʻxtaydi, lekin u juda koʻtarilib ketsa, bosim tufayli
butun idish xavfli boʻlib qolishi mumkin. Ushbu harorat
nuqtalari nihoyatda aniq boʻlishi mumkin.
6.07-rasm. Avtomatik ob-havo stansiyasi;ular odatda qayta
quvvatlanadigan batareya, maʼlumot yozish moslamasi va turli
sensorlardan iborat boʻladi.
a Nima uchun qaydlar jadvalingiz boʻlishi kerak? Kitoblar
va foydalanishga berilgan adabiyotlarni kuzatib borish 
muammosini boshqa yoʻl bilan hal etish mumkinmi?
(Foydalanish uchun olingan adabiyotni kitoblar jadvali 
yoki oʻquvchi jadvaliga qoʻshish mumkinmi? Shu yerdagi
qaydlar jadvalida berilgan maʼlumotlar bilan ikkala usulni
ham sinab koʻring va nima boʻlishini bilib oling).
b Maktabingiz kutubxonasida qanday tizim ishlatilishini 
aniqlang. Qoʻlda toʻldiriladigan, qogʻozda yuritiladigan
tizim ekanmi? Kompyuterlashtirilgan tizim ekanmi?
Uning qanday ishlashi haqida xulosa chiqarishga urinib 
koʻring va ushbu yechimda berilgan uch jadvaldan
kutubxonangizda foydalanish yoʻli haqida oʻylang.
Kutubxona tizimida kerak boʻladigan maxsus qurilma
va apparatlar nimalardan iborat? Har safar biror kitob
foydalanish uchun olinganda uning ISBN raqamini
qoʻlda terish oqilona usulmi?

Download 132,8 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish