|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 108/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikMaktab hisobotlari
Maktab hisobotlarini tayyorlashda AKTdan foydalanishni
tushunish uchun hisobotlarda qanday maʼlumotlar boʻlishini
koʻrib chiqishingiz kerak.
• Oʻquvchiga oid maʼlumotlar. Bunga oʻquvchining ismi va
u oʻqiyotgan sinf nomi kiradi. Ushbu maʼlumot allaqachon
kompyuter tizimida mavjud. U “oʻquvchi fayli”da saqlanadi.
Agar hisobotlar shabloni kompyuterda saqlansa, tizimga
maktabdagi har bir oʻquvchi yoki faqatgina muayyan
yilgi sinflar yoxud hattoki xokkey jamoasidagi barcha
qizlar uchun hisobotlar toʻplamini tayyorlashni buyurish
buyurish va istalgan toʻplamni chiqarish mumkin. Ushbu
hisobotlar elektron koʻrinishda saqlanadi va qoʻshimcha
maʼlumotlarning kiritilishiga shay turadi.
• Oʻquvchining oʻzlashtirishi. Oʻquvchining oʻzlashtirishi
toʻgʻrisida hisobot yozuvchi sinf oʻqituvchisining ismi
koʻrsatilishi zarur.
• Dars qoldirish va kechikish. Bu maʼlumot davomat
jurnalida saqlanadi, kompyuter esa bir zumda oʻquvchi
qancha dars qoldirgani yoki necha marta darslarga
kechikib kelganini hisoblab, raqamlarni hisobotga
kiritadi.
• Oʻqituvchi fikrlari. Oʻqituvchilar oʻzlari oʻqitadigan har bir
oʻquvchi haqida fikr yozishi lozim boʻladi. Ushbu fikrlar koʻp
marta turli oʻquvchilar uchun qaytarilishi mumkin, chunki
yozish mumkin boʻlgan tegishli fikrlar soni cheklangan.
Javoblar toʻplami kompyuter tizimida saqlanadi, oʻqituvchi
shunchaki muayyan oʻquvchiga tegishli fikrlarni tanlaydi,
kompyuter esa ularni hisobotga qoʻshadi. Bu qaydlar
toʻplami fikrlar banki deb ataladi.
• Hisobot sanasi. Kompyuter uchun buni shaklga qoʻshish
oson; muqobil ravishda u, aytaylik, hisobot qaysi chorak
uchun taqdim etilayotganini koʻrsatishi mumkin, bu
holatda xuddi shu maʼlumot har bir hisobotda koʻrsatiladi.
Hisobotlar tugallangach, ota-onalarga tarqatish uchun
qogʻozga chiqarib olish mumkin.
|
| |