maʼlumot toʻplash shakllari orqali
amalga oshiriladi. Umuman olganda, qanday maʼlumotlar
toʻplanishi, undan keyin esa qanday savollar soʻralishi kerakligi
haqida qaror qabul qilish muhimdir. Maʼlumot toʻplash
shakllari qogʻozda yoki elektron shaklda boʻlishi va bevosita
kompyuterda toʻldirilishi mumkin.
Manzillar roʻyxati Baʼzi shaklda manzil yoki elektron pochta manzili yoxud
telefon raqami soʻraladi. Bu nega kerak?
Manzillar roʻyxati yoki kontakt maʼlumotlar juda qimmatlidir.
Pochta buyurtmalari bilan ishlaydigan tashkilotlar ehtimoliy
mijozlarga broshyuralar yubora olishi kerak, shu sababli ismlar
va manzillar roʻyxati – ular oʻz biznesi uchun foydalanishi
mumkin boʻlgan vositadir.
Misol sifatida ilmiy fantastika romanlarini nashr etish va
ularni pochta orqali sotishga ixtisoslashgan kompaniyani
tasavvur qiling. Birinchi va eng qimmatli manzillar
roʻyxati – ilgari kompaniyadan kitob xarid qilgan barcha
kishilarning roʻyxatidir. Bu roʻyxat nihoyatda qimmatlidir,
chunki roʻyxatdagi har bir kishining kompaniya tomonidan
sotilayotgan kitoblar turiga qiziqishi isbotlangan, zero ular
avval kitob sotib olishgan.
Klub va jamiyatlar yozuvlari Klublar va jamiyatlar oʻz aʼzolari haqidagi maʼlumotlarni
saqlashi kerak. Bu maʼlumotlardan bogʻlanish maqsadida
klubning muayyan aʼzolarini izlash mumkin. Undan,
Bunday roʻyxatlar tashkilotlar uchun juda muhimdir va shu
tarzda toʻplangan kontaktlar roʻyxatlari koʻpincha soʻrov
oʻtkazilayotgan tashkilot tomonidan sotuvga qoʻyiladi. Bu
axloq qoidalariga muvofiq deb oʻylaysizmi?
6.03-QO’SHIMCHA MASHGʻULOT 69 6-bob: AKTni tatbiq etish
shuningdek, muayyan maʼlumotni izlash uchun ham
foydalaniladi: masalan, maktab nomidan harakat qiluvchi
jamoani tanlash uchun maʼlum bir yosh guruhidagi barcha
aʼzolarni izlash.