9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

76
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


3 Nazorat ostidagi jihoz. Mikroprotsessor isitish qozoni 
(isitish tizimi uchun) yoki konditsionerni (sovitish tizimi 
uchun) nazorat qilishi kerak.
4 Odatiy ishlash jarayoni. Dastlab mikroprotsessor vaqtni 
oʻzidagi soat yordamida foydalanuvchi tizimning yonishi 
uchun oʻrnatgan vaqt bilan tekshiradi. Tizim shu vaqtga
yetib, yonganida mikroprotsessor vaqtni foydalanuvchi 
tizimning oʻchishi uchun oʻrnatgan vaqt bilan solishtiradi.
Tizim shu vaqtga yetgach, oʻchadi va mikroprotsessor
tizimni yoqish kerak yoki yoʻqligini koʻrish uchun yana
vaqtni taqqoslashga qaytadi.
 
Tizim yoniq payti harorat sensoridagi haroratni oʻqiydi va
uni oldindan oʻrnatilgan, kerakli harorat bilan solishtiriladi.
Agar harorat juda past boʻlsa (isitish tizimi), u xona
yetarlicha iliq boʻlguniga qadar isitish qozonini yoqib
turadi. Agar harorat juda yuqori boʻlsa (sovitish tizimi), u
xona yetarlicha salqin boʻlguniga qadar konditsionerni
yoqib turadi.
5 Oʻlchash oraligʻi. Tizim yoniq payti mikroprotsessor
harorat sensorini doimiy ravishda nazorat qilib turishi 
kerak, lekin isitish qozoni yoki konditsionerning xona 
haroratini oʻzgartirishi vaqt oladi, shu sababli oʻlchash
paytida kechiktirish vaqti besh daqiqa atrofida boʻlishi
kerak.
6 Xatolik yuz bergan hollarda. Agar harorat oʻzgarmayotgan
boʻlsa, bu deraza ochiqligini, isitish qozoni toʻgʻri
isitmayotganini yoki konditsioner buzilganini anglatishi 
mumkin. Mikroprotsessor tizimning haroratni 
boshqarishga qodir emasligi haqida foydalanuvchiga 
xabar berish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Kompyuter tomonidan boshqariladigan aksariyat qurilmalar 
ushbu qoidalarga bir xil tarzda amal qiladi. Odatiy markaziy 
isitish tizimi kontrollerida foydalanuvchi kerakli haroratni
shuningdek, tizimning yonish va oʻchish vaqtlarini oʻrnatadi.
Mikroprotsessor foydalanuvchi kiritgan oʻrnatgan maʼlumotlar
va sensor koʻrsatkichlari asosida qaror qabul qiladi.

Download 132,8 Mb.
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish