|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 127/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikKALIT SOʻZLAR
Bankomat yoki ATM: Naqd pul olish yoki bankda hisob
raqamini boshqarish uchun ishlatiladigan kassa apparati.
Telefon-banking
Telefon banking – bank muassasalari tomonidan taklif
etiladigan xizmatdir. U dastlab yoʻlga qoʻyilganida mijoz
bankka telefon orqali qoʻngʻiroq qilardi va bank xodimi mijoz
uchun soʻralgan tranzaksiyani amalga oshirishdan oldin bir
qancha xavfsizlik savollarini berardi.
Aholi avtomatlashtirilgan telefon xabarlaridan foydalana
boshlaganda, mijoz bankka qoʻngʻiroq qilishi mumkin edi
hamda bank xodimining aralashuvisiz tranzaksiyalarni amalga
oshirishdan oldin, avtomatlashtirilgan telefon tugmalaridan
foydalanib, avtomatik savollarga javob berar edi.
Odatiy telefon banking mijozi oʻz hisob(lar)iga kirish, balansi
va oxirgi harakatlarni tekshirish, hisoblararo mablagʻ oʻtkazish,
yangi chek kitobini buyurtma qilish, kredit toʻlovlarini amalga
oshirish yoki bank tomonidan taklif etiladigan boshqa
xizmatlar haqida maʼlumot soʻrash imkoniga ega.
avtomatlashtirilgan telefon xabarlaridan oldin bu bank
xodimlaridan koʻp mehnat talab qilardi, lekin hozirda
mijozlarga kuniga yigirma toʻrt soat davomida uydan turib
foydalanish mumkin boʻlgan bank xizmatlarini taklif qiladi.
Kredit/debet kartalar
Yodingizda boʻlsa, bank kartalaridan foydalanish 2-bobda
muhokama qilingandi. Kartadan foydalanilganda, ushbu
boʻlimning boshidagi EFT misolida tasvirlangani kabi, xuddi
oʻsha tarzda pul oʻtkazmasi amalga oshiriladi. Pulning
qayerdan kelishi borasida kichik farq mavjud.
Agar foydalanilgan karta kredit karta boʻlsa, xabar kredit karta
kompaniyasiga yuboriladi. Soʻng kredit karta kompaniyasi
toʻlovni karta yordamida qabul qilgan tashkilotning hisob
raqamiga mablagʻlarning yuborilishini tashkillashtiradi.
Keyin esa, kredit karta kompaniyasi kartaning foydalanilgani,
qayerda foydalanilgani va tranzaksiyada qancha sarflangani
haqidagi maʼlumotlarni saqlaydi. Bu maʼlumotlar bir oyda
bir marta umumlashtiriladi va karta egasiga uning qarzdorlik
summasi koʻrsatilgan maʼlumotnoma yuboriladi. Eʼtibor
qarating, kredit kartadan foydalanish ham toʻlovlarga real
vaqt rejimida ishlov berishni, ham hisobotlar tayyorlash
uchun paketli ishlov berishni talab qiladi.
Debet kartalardan ham xuddi shu usulda foydalaniladi, biroq
mijoz debet kartasini ishlatganda jarayonlar kredit karta
kompaniyasi orqali emas, mijozning banki orqali amalga
oshiriladi. Bank oy oxirida maʼlumotnoma yuborishni kutib
oʻtirmay, mablagʻni mijozning hisobidan darhol yechib
oladi (real vaqtdagi jarayon). Tranzaksiya odatiy bank
maʼlumotnomasidagi toʻlov sifatida koʻrsatiladi.
|
| |