|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 130/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikBemorlar nazorati
Shifoxonadagi jiddiy nazoratga muhtoj bemorlar uchun
kompyuterlashtirilgan monitorlardan foydalaniladi, chunki
shifokorlar va hamshiralar doimiy ravishda nazorat qilishga
qodir emas. Bemorning yurak urish tezligi, harorati, daqiqasiga
nafas olish tezligi, qondagi kislorod darajasi va qon bosimini
nazorat qilish uchun unga sensorlar biriktirilishi mumkin.
Sensorlar maʼlumotlarni kompyuterga yuboradi, u yerda
maʼlumotlar, masalan, nafas olish yoki yurak urish tezligining
juda yuqori yoki past ekani tekshiriladi; tekshirish uchun
keyinroq kiritilishi mumkin. Bunday turdagi tizimdan olingan
natijalar ekranda grafiklar shaklida aks ettirilishi mumkin; agar
kutilmagan muammo paydo boʻlsa, hamshira yoki shifokor
eʼtiborini tortish uchun baland tovushli signal chalinadi.
Kasalliklar tarixi va tizimlarning xavfsizligi
Bemorga oid elektron maʼlumotlardan foydalanish, ularni oʻqish
va ularning xavfsizligi kelib chiqadigan masalalar borasida
xavotirlanishga asos bor. Mazkur xavotirlarning baʼzilari:
• Bemor haqidagi maʼlumotlarni oʻzgartirish yoki tizimlarni
yoʻq qilishga olib boruvchi xakerlar hujumlari
• Salomatlik haqidagi maʼlumotlardan tizimlarning
vakolatli foydalanuvchilari tomonidan oʻzga maqsadlarda
foydalanilishi
• Maʼlumotlarni kelajakda xavfsiz saqlash borasidagi uzoq
muddatli maʼlumotlar boshqaruviga doir xavotirlar
• Shaxsiy salomatlik masalalariga bemorning ruxsatisiz
politsiya, sugʻurtalovchilar, ijtimoiy xizmat xodimlari,
boshqa davlat muassasalari yoki korporativ
muassasalarning aralashish ehtimoli
Tibbiy yordam uchun 3D printerlar
3D printerlar haqida 1.05-boʻlimda oʻqiysiz, biroq allaqachon
aksariyat eshitish apparatlari 3D printer yordamida yasalishini,
olimlar esa qanday qilib qon tomirlari, teri va hatto embrional
ildiz hujayralarini ham printerdan chiqarish nazariyasini ishlab
chiqqanini bilarmidingiz?
Tibbiyotda 3D printerlar tish yasash va eshitish apparatlari
(yuqorida tilga olinganidek) kabi protezlash sohasida eng
koʻp ishlatilmoqda. Bularning barchasini plastikdan yoki
elastik materiallardan yasash mumkin. Ular muayyan bemor
uchun yasalishi kerak, shu sababli har biri individual ravishda
tayyorlanadi, ommaviy emas.
Tana qismlari yoki protezlar, tibbiy apparatlar hamda inson
toʻqimalari 3D printerlarni qoʻllash mumkin boʻlgan tibbiyot
toifalaridir.
Toʻqima va aʼzolar, individual protezlar, implantatlar, anatomik
modellar va boshqalarni yaratish kabi sohalarda tibbiy
3D ishlanmalaridan foydalanish tezkorlik bilan kengayib
bormoqda. Tibbiy asbob va uskunalar uchun 3D printer
ishlanmalari dan foydalanishning afzalliklari quyidagilarni oʻz
ichiga oladi: tibbiy dori vositalari va uskunalarni moslashtirish
hamda shaxsiylashtirish; xarajatlar samaradorligi;
unumdorlikning oshishi; dizayn va ishlab chiqarish
demokratizatsiyasi; va hamkorlikning rivojlanishi.
3D printerlar urushda oyoq-qoʻllaridan judo bo’lganlarga va
urush davom etayotgan yerlarga yetkazilgan.
Purkagichli printerlardan farqli oʻlaroq, 3D printerlarda z
oʻq deb ataluvchi qoʻshimcha oʻq bor. Ularda z oʻqi boʻylab
bosib chiqarishga erishish uchun platformani yuqoriga va
pastga harakatlantiruvchi lift deb nomlangan mexanizm bor.
Shuningdek, purkagichli printerlardan farqli ravishda, uning
kartriji siyoh bilan emas, modda bilan toʻldiriladi. Agar kartrij
plastik bilan toʻldirilsa, printer berilgan koʻrsatmalar asosida
plastik jihoz yasab beradi; agar kartrij hujayra bilan toʻldirilsa,
u bir toʻda hujayra chiqarib beradi. Xuddi purkagichli printerda
turli ranglar bilan toʻldirilgan kartrij ishlatilgani kabi, 3D printer
kartrijini ham har xil turdagi materiallar bilan toʻldirish mumkin.
Masalan, agar chizish CAD dasturi yordamida bajarilsa va
kartrij toʻgʻri modda bilan toʻldirilsa, protez kaftlar, qoʻllar,
oyoqlar va shu kabi boshqa narsalarni yasash mumkin boʻladi.
|
| |