• Avtomobil dvigatelidagi nosozliklarni aniqlash
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet132/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Minerallarni qidirish
    Ekspert tizim ishlaydigan maʼlumot turlari tufayli minerallarni
    qidirish tibbiy tashxisdan farq qiladi. Biroq imkon qadar 
    koʻproq mutaxassislarning umumlashtirilgan bilimlaridan
    foydalangan holda yaratilgan bilimlar bazasi mavjud. Biroq 
    foydalanish mumkin boʻlgan boshqa shakldagi maʼlumotlar
    mavjud:
    Sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlari kiritilishi mumkin. Bu boshqa
    usulda koʻrib boʻlmaydigan yer tuzilishlarini koʻrsata
    oladigan Yer sirtining suratlari shaklida boʻlishi mumkin.
    Sezilmas harakatlarni yozib olish uchun yerga hududdagi 
    seysmik faollikni koʻrsatuvchi sensorlar joylashtirilishi
    mumkin.
    Geologik tadqiqotlarning maʼlumotlari kiritilishi mumkin.
    Masalan, sensorlar joylashtirilgan yuzadan bir necha 
    kilometr uzoqlikdagi yuzada portlash yuz berdi. Zarba
    toʻlqinlari sensorlarga yetib kelishi uchun ketgan vaqt
    davomiyligi va ushbu toʻlqinlarning kuchiga asoslanib yuza
    ostidagi narsalarning xaritasini yaratish mumkin.
    Ushbu barcha maʼlumotlardan foydalanib, ekspert tizim shu
    hududda muayyan minerallarni topish ehtimolini bashorat 
    qilishi mumkin. Yodda tuting, olingan natija – bashoratdir; 
    natija mutlaq aniq boʻla olmaydi. Bu turdagi ekspert tizim
    muayyan mineral mavjudligini uning mavjudlik ehtimolini 
    foizda baholash orqali bashorat qiladi.
    Avtomobil dvigatelidagi nosozliklarni
    aniqlash
    Ustaxonaga avtomobilingizni olib borganingizda nosozliklarni 
    topish uchun diagnostika vositasidan foydalaniladi. 
    Diagnostika dasturi avtomobildagi nosozlik kodlari joylashgan 
    kompyuter tizimiga kiradi. Zamonaviy avtomobillarda
    diagnostik skanerga ulanadigan kompyuter protsessorlari, 
    mikrochiplar va sensorlar mavjud; baʼzi avtoulovlarda dvigatel
    boshqaruvi, tormoz tizimlar, osma tizim, oyna tozalagichlar va 
    boshqa tizimlarni boshqarish uchun bir nechta bloklar bor.
    Afzalliklari quyidagilar: mexanika muammolarni osongina 
    aniqlay oladi va ularni imkon qadar tez tuzatadi; nosozliklarni 
    aniqlash tez va aniq amalga oshadi, shu sababli mablagʻ
    tejalishi mumkin, chunki muammolarni aniqlash uchun 
    mexanik usta tomonidan kamroq vaqt sarflanadi; kichik
    muammolarni katta, qimmat muammoga aylanib ketishidan 
    oldin aniqlash va tuzatish mumkin.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish