• Tashxis tizimlari
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet128/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    6.08-SAVOL
    a Internet-banking qanday ishlashini oʻrganish uchun
    izlaning.
    b Matn protsessoridan foydalanib va oʻz soʻzlaringiz
    bilan internet-banking jarayonini tasvirlang; soʻng
    uning afzallik va kamchiliklarini sanang.
    81
    6-bob: AKTni tatbiq etish


    6.10 Kompyuterlar tibbiyotda
    Tibbiyot taʼlimi va amaliyoti ulkan fan bo’lib, muntazam
    ravishda oʻsib bormoqda. Kompyuter texnologiyalari sog’liqni
    saqlash sohasi mutaxassislariga iloji boricha ishonchli va 
    samarali xizmat koʻrsatishda, shuningdek tibbiyot yutuqlaridan
    xabardor boʻlib turishda muhim ahamiyatga ega.
    Tashxis tizimlari
    Bemor shifokor qabuliga borganida unda kasallik alomatlari 
    boʻlishi mumkin. Ular shifokorning malakasi va tajribasi sababli
    shifokor qabuliga boradi, lekin hech bir shifokorni tibbiyotning 
    har bir sohasi boʻyicha mutaxassis deb umid qilmaslik kerak.
    Muammo shundaki, kasalliklar va alomatlar haqida juda koʻp
    maʼlumotlar mavjud boʻlib, shifokorlar biror narsani eʼtibordan
    chetta qoldirmaslik uchun yordamga muhtoj. Ular avvallari 
    kitoblardan qoʻshimcha maʼlumot olgan, biroq bugungi
    kunda buning oʻrnini kompyuter tizimlarida saqlanadigan
    maʼlumotlar egallagan.
    Kompyuter tizimlari koʻproq maʼlumot saqlay oladi, maʼlumot
    qidirishni yengillashtirish uchun dasturlash texnikalaridan 
    foydalana oladi va ularni muntazam ravishda yangilash 
    mumkin. Shifokorlar uchun chindan ham foydali tizimni 
    yaratish uchun kasalliklar va holatlar hamda ularning 
    alomatlari haqidagi umumiy qabul qilingan bilimlar toʻplanadi.
    Bu shifokorlarning bilimlarini toʻplash uchun ular bilan
    suhbatlashish va kitoblardagi maʼlumotlardan foydalanishni
    anglatadi. Bu bilimlaring barchasi toʻplanadi va kompyuterda
    saqlanadi. Shifokor biror usulda saqlangan maʼlumotlarni
    soʻrashi va kompyuter ham shifokor savollariga javoblarni
    chiqarib bera olishi kerak. Kompyuterga axborotning turli 
    qismlari qanday qilib bir-biriga mos kelishi va bir-biri bilan 
    munosabatga kirishishini aytadigan qoidalar toʻplami boʻlishi
    kerak. Va nihoyat, oqilona natijalarni olish uchun ushbu
    qoidalarni maʼlumotlarga nisbatan qoʻllay oladigan dastur
    boʻlishi kerak. Ushbu qismlarning barchasi birlashtirilganda,
    ayrim jihatlarga koʻra, shifokorga qaraganda bilimliroq tizim
    yaraladi. Bu ekspert tizim deb ataladi.
    Ekspert tizimning koʻplab turlari bor. Biz bu yerda tibbiy
    tashxisga moʻljallangan ekspert tizimni koʻrib chiqamiz.
    Mutaxassis boʻlmagan kishi tomonidan foydalanilsa, tashxis
    borasida faqat tizimning oʻziga ishonib boʻlmaydi. Tashxis
    uchun tajriba va insonning har bir bemorga individual 
    munosabatda boʻlish qobiliyati zarur. Biroq u shifokor uchun
    qudratli vositadir.
    Tibbiy ekspert tizimning toʻrtta qismi quyidagilar:
    kasalliklar va holatlar haqidagi faktlar – bilimlar bazasi;
    • tizimdan savol soʻrash va javob olish usullari –
    foydalanuvchi interfeysi yoki inson-kompyuter interfeysi 
    (HCI- muloqot);
    • maʼlumotlar rioya qilishi lozim boʻlgan qoidalar toʻplami –
    qoidalar bazasi;
    • oqilona natijalar olish uchun qoidalarni maʼlumotlarga
    nisbatan qoʻllay oladigan dastur – xulosa chiqarish tizimi.
    Barcha ekspert tizimlarda ushbu toʻrtta qism mavjud (6.19-
    rasm). 
    6.19-rasm. Ekspert tizimni ifodalovchi grafik.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish